239
oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan
-yilga Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Internet deyarli ta’lim
jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi.
Bunga Internet
foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan
foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.
Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib
borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh
da o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs
va kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar.
Talabalar
Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni
onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga yelektron pochtasidan
foydalanadilar.
Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5
dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 90% i kompyuterdan
foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning 59%i Internetdan foydalanuvchilardir.
15 yoshli amerikaliklarning har to‘rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10
yoshlilar guruhida bo‘lsa 60% ni, 16 va undan kattalarda bu ko‘rsatkichlar
80% ni tashkil etadi (bu ko‘rsatkichlar ham vaqt o‘tishi bilan ortib bormoqda).
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
2. Matnni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
3. Matnni kirish va asosiy qismga ajrating.
4. Xulosa qismini mustaqil yozing.