244
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Aloqa tarixi muzeyi
Har yilning 18- mayi Xalqaro muzeylar kuni sifatida dunyo miqyosida
nishonlanishi muzeylarning hayotimizda o‘ziga xos o‘rni, ahamiyati borligidan
dalolatdir. Haqiqatdan ham, muzeylar o‘tmishni hozirgi kun va kelajak bilan
bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik sifatida muhim o‘rin tutadi. Muzeyga yig‘ilgan
osori atiqalarni tomosha qilar ekan, har bir inson
ajdodlarimiz qay tarzda
hayot kechirganlari, taraqqiyot qay holatda rivojlanib borgani, bu yo‘lda kimlar
o‘zining munosib hissasini qo‘shganligiga guvoh bo‘ladi.
Shuning uchun ham muzeylarga odamlar, ayniqsa, yoshlar qalbida
vatanparvarlik tuyg’usini kuchaytiruvchi vosita sifatida qaraladi va katta
ahamiyat beriladi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish
agentligi rahbarlarida
sohaga oid muzey tashkil etish fikrining paydo bo‘lishida ham ana shu
maqsad mujassam edi.
Muzey qurilishi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish
agentligi tashabbusi bilan aloqa sohasi korxonalari
hisobiga qurildi. Bir yil muddat ichida zamonaviy uch
qavatli bino bunyod etildi, unda milliy axborot-
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
yutuqlar va rivojlanish
bosqichlari keng ekspozitsiyasi joylashtirildi.
245
Muzey kolleksiyasini to‘plashda o‘zi uchun qimmatli tarixiy buyumlarni
xolisona taqdim etib jamoatchilik ham o‘z hissasini qo‘shdi.
Shunday qilib, Toshkent shahrida mamlakatimizda telekommunikatsiya
sohasi tashkil etilishi va rivojlanishi yo‘lini namoyish etuvchi, 400 dan ortiq
turli eksponatlardan jamlangan Aloqa tarixi muzeyi o‘z faoliyatini boshladi.
Uch qavatli muzey turli ekspozitsiyalarga boy: misol uchun yuqorida
tasvirlangan, bir necha yuz yillar davomida foydalanilgan pochta aravasi
maketi birinchi qavatda joylashtirilgan.
Maket doimo o‘z
ishining ustalari deb
hisoblangan Qo‘qonlik hunarmandlar
tomonidan
haqiqiy
kattaligida
tayyorlangan.
Bundan
tashqari,
muzeyning shu qavatida mutaxassislar,
olimlar, tashrif buyuruvchilar o‘rtasida
muloqot va norasmiy uchrashuvlar hamda munozaralar o‘tkazish joyi tashkil
etilgan.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matndagi aloqa tarixiga doir termin va iboralarni ko‘chirib yozing va
ularning ma’nosini izohlang.
2. Nima uchun muzeylarni o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prikka
qiyoslanadi?
3. O‘z shahringiz (viloyatingiz)da qanday muzeylar bor?
4. Muzeydagi biror eksponat haqida so‘zlab bering.