248
So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog’lanib
hosil qilinadigan yondosh
ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning
qulog’i o‘z ma’noda, qozonning qulog’i ko‘chma ma’noda.
Tasviriy ifodalar.
Biror narsa, hodisani boshqa bir narsa va hodisaga
o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi.
Tasviriy ifodalar
nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi: osmon-moviy gumbaz; qora oltin -neft
Iboralar
(turg’un birikmalar) – ma’noviy butunlik uchun birlashgan
yaxlitlangan bo‘lib, bir leksik ma’noni anglatadi. Iboralarga bir so‘z sifatida
qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no
ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi- “mag’rurlangan”, yog‘
tushsa
yalagudek iborasi – “toza” ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni obrazli tarzda
ifodalaydi.
Termin (atama).
Fikrni maqsadni yaqqol aniq qilib berishda ma’nosi
aniqlashgan, ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan,
aynan bir tushunchanigina
ifodalab kelgan so‘zlar termin (atama) deyiladi. (lotinchadan
chegara belgisi, chek
ma’nosini anglatadi).
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
Har bir tilda o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan birgina
ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar ham bo‘ladi.
Bunday so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot,
hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi.
Terminlarning
muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi,
ko‘chma ma’noda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Lekin amaliyotda ba’zi bir
terminlar, masalan, hozirgi zamon rus va o‘zbek tillarida operatsiya so‘zi termin
sifatida:
1) meditsina sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash, yangisini solish va
shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida;
2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan
urush harakatlari ma’nosida;
249
3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan,
bank operatsiyasi, pochta
operatsiyasi kabi) ma’nolarda qo‘llaniladi.