|
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|
bet | 11/37 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 250,62 Kb. | | #117951 |
Bog'liq Gazni quritishHavo namligi
Havo namligi — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi: 1) havodagi suv bugʻlari elastikligi ye (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi; 2) mutlaq namlik; 1 g/sm3hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m-’ bilan oʻlchanadi; 3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi; 4) namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng , yaʼni a"= YE—e; 5) shudring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan temperatura.
Shudring nuqtasi
Shudring nuqtasi - maʼlum bosim va namlikda havo sovib, unda toʻyingan suv bugʻlari hosil boʻlishi uchun zarur tra. Havo namligining asosiy tavsiflaridan biri. U bilan havo namligining qiymatlari aniqlanadi. Nisbiy namlik 100% dan kam boʻlganda Shudring nuqtasi har doim havo trasidan pastroq boʻladi. Tra Shudring nuqtasiga kelishi uchun havo sovishi zarur. Havo toʻyinganda, yaʼni namlik 100% boʻlganda Shudring nuqtasi havo trasiga tenglashadi. Mas, havo temperaturasi 15° da: nisbiy namlik 100, 80, 60, 40% boʻlishi uchun Shudring nuqtasi 15,0, 11,6, 7,3, 1,5° ga teng boʻlishi kerak.
Kompressor
Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida oʻzatadigan qurilma. Toʻzili shiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi.
Porshenli Kompressor, asosan, ish silind-ri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, V-simon va W-simon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen — rotor ish organi hisoblanadi. Ularda soʻrilgan gazning xajmi rotorda ekssentrik joylashgan sirpanuvchi plastina bilan silindr orasida (plastina-vintsimon rotor orasida (vintli Kompressor) kamayadi. Markazdan qochirma Kompressorda rotorning ish gʻildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan krchma kuch taʼsirida, soʻngra harakat tezligining pasayishi natijasida (halqa diffoʻzorda) siqiladi. Oʻ qa viy K.da gaz oʻqqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor koʻraklari bilan korpusning koʻzgʻalmas koʻraklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy Kompressorni turbokompressorlar ham deb ataladi. Oqimli Kompressorlarning tuzilishi va ishlashi oqimli nasoslarga oʻxshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, koʻpincha, suv bugʻidan foydalaniladi. Kompressorlar sanoatning koʻp tarmoqlarida ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|