|
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|
bet | 10/37 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 250,62 Kb. | | #117951 |
Bog'liq Gazni quritishBugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi.
Gazning zichligi.
Jismning zichligi deganda, shu jism tinch holatidagi og'irligining hajmiga nisbati tushuniladi.
Normal fizik sharoit (0.1013 MPa va 273K) da gazning zichligini p0 quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda: M - molekulyar og'irligi.
Agar gazning zichligi 0.1013 MPa bosimda berilgan bo’lsa, boshqa bosimdagi zichligini (xuddi shu haroratda) ideal gaz uchun quyidagicha hisoblanadi:
GAZ QONUNLARI
1.Boyl-Mariot qonuni.
Doimiy haroratda ma’lum miqdor gazning bosimi uning hajmiga teskari proportsional.
T = const P1*V1 = P2*V2 P1/P2 = V2/V1
2.Gey-Lyussak qonuni.
O’zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proportsional.
P = const V/T = const.
3.Sharl qonuni. O’zgarmas hajmda gazning bosimi uning mutloq
haroratiga to’g’ri proportsional.
V = const P/T = const.
Normal sharoitda Po= 101,325 kPa, To=273 T, Vo=22,4 l
Separator
Separator (lot. separator — ajratkich) — 1) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuklikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun moʻljallangan qurilma. Ishi suyuklik yoki qattiq jism komponentlariningfizik xususiyatlari (zarrachalarning shakli, massasi, solishtirma ogʻirligi, magnit xossasi va boshqalar) orasidagi farqqa asoslangan. S.ning markazdan qochma, magnit, tindirma, pnevmatik, ishqalanma, elektr va boshqa xillari bor. Markazdan qochma S.lar (sentrifugalar) da suyuklik ichidagi ogʻirroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch taʼsirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralashmalardan tozalash, sutni qaymoq va yogʻsiz sutga ajratishda qoʻllaniladi. Magnit S. foydali minerallarni gʻovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydonining turli mineral zarralariga turlicha taʼsir etishiga asoslangan. Tindirma S. birbiri bilan aralashmaydigan 2 suyuklikni rezervuarda tindirish yoʻli bilan ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylashgan 2 ta truba boʻlib, yuqorisidan yengil, pastkisidan ogʻirroq suyuklik chiqadi. Pnevmatik S. tegirmonda maydalangan materialning mayda-yirikligini havo oqimi taʼsirida rostlash, uni boyitish va boshqalarda ishlatiladi. Ishqalanm a S. foydali qazilmalarni boyitishda qoʻllanadi. Gaz S.ida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalanadi. Buning gravitatsion (gaz tezligini keskin pasaytirishga asoslangan), siklonli (markazdan qochma kuchga asoslangan) xillari bor.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|