|
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|
bet | 12/37 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 250,62 Kb. | | #117951 |
Bog'liq Gazni quritishKaustik soda
Kaustik soda (yun. kaystikos - kuydiruvchi) — oʻyuvchi ishqorlar — natriy gidroksid (NaOH) va kaliy gidroksid (KON)ning texnik nomi
Ishqorlar
Ishqorlar — suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleyev davriy siste-masi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniy gidroksid I. ga kiradi. I. — oq, qattiq, gigroskopik (suvga oʻch) moddalar. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, mas, LiOH, KON, NaOH kuchli asoslar boʻlib, oʻyuvchi I. deb ataladi. Ishqoriyer metallar gidroksidlari - Sa(ON)2, Va(ON)2, Sr(OH)2 va NH4OH ancha kuchsiz asos hisoblanadi.
Qovushqoqlik
Real suyuqliklarda suyuqlikning bir qismi harakatlanganda ikkinchi qismiga qarshilik qilishi qovishqoqlik deyiladi.
Kondensatsiya
Kondensatsiya (lot. condensatio -quyuklanish, zichlashish), kondensatlanish — 1) gazsimon holatdagi moddaning sovishi yoki siqilishi natijasida suyuq yoki qattiq holatga utishi. K. — bug'lanishning aksi.
Kondensatsiya bug'lanishga teskari bo'lgan jarayonidir. Bug'lanish jarayonida suyuqlik gaz yoki bug'ga aylansa, kondensatsiya jarayonida gaz yoki bug' suyuq yoki qattiq holatga o'tadi.
Gaz yoki bug'ning hajmi qisqarganda yoki soviganda kondensatsiya sodir bo'ladi.
Bugʻ-gaz turbinali qurilma — bugʻ va gaz turbinalarining ish sikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilgʻining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bugʻ (bugʻ turbinasida) yoki bir turbinaning oʻzida bugʻgaz aralashmasidan foydalaniladi. Afzalligi ish jismining boshlangʻich temperaturasi bugʻ turbinali qurilmalardagiga qaraganda ancha yuqori, tarmoqqa boradigan issiqlik temperaturasi esa gaz turbinali qurilmalardagidan ancha past boʻladi. Bugʻ-gaz turbinali qurilmaning bir necha sxemasi bor. Aralash sxemali qurilmalar eng koʻp tatbiq etiladi. Bularda yoqiladigan barcha yoqilgʻi (tabiiy gaz, mazut) ning faqat 20 foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi. Tarkibida foydalanilmagan kislorod boʻlgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan oʻtib, bugʻ qozoni oʻchogʻiga keladi va u boshqa har xil sifatli yoqilgʻi bilan qoʻshilib yonadi. Bugʻ-gaz turbinali qurilma f.i.k. 32% gacha boʻlgani holda nisbatan kam kapital mablagʻ talab etadi.
uglerod valentligi 4ga teng
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gazni quritish gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi
|