15
D.J. Komilov– NamDU Biologiya kafedra katta o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
E.F. Ikromov – NamDU biotexnologiya kafedrasi
dotsenti,
biologiya fanlari nomzodi
A. Sheraliyev – NamDU Biologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi
O’QUV KONTENTLAR
1-Mavzu: Genomika tushunchasi va uning tarixi.
Reja:
1. Genomika fanining tarixi
2.
Genom tushunchasi
3. Gen tirik organizmlarning strukturaviy va funksional irsiy birligi.
Genom - organizm hujayrasida to‘plangan irsiy materialning yig‘indisidir. Genom
organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo‘lgan biologik axborotni saqlaydi.
Barcha
genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha hujayrali hayot formasiga ega
bo‘lgan genomlar
DNKdan tuzilgan, lekin ba’zi bir viruslar genomi
RNKdan iborat.
SHu bilan
birga, “genom” terminining boshqacha talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma’lum
turning genetik materiallari xromosomalarni gaploid naborida yig‘ilganiga tushuniladi.
Eukariotlarning genomi razmeri haqida gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini haqida
tushuniladi. Odamda (
Homo sapiens
) somatik hujayralar irsiy materiali yadroda joylashgan 23
juft xromosomada (22 juft
autosom
va 1 juft jinsiy
xromosom
a) namoyon bo‘ladi.
Bundan
tashqari hujayra ko‘plab nusxadagi
mitoxondrial DNK
ga ega. Odamning 22 autosoma, X va Y
jinsiy xromosomlari, mitoxondrial DNK birgalikda bo‘lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni tashkil
qiladi.