Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
n
1
-n
2
-n
3
..............n
m
nuklein kislota

1
-

2
-

3
............

n
oqsil 
Oqsildagi 
aminokislotalarning 
ketma-ket 
joylanish 
tartibi, 
nuklein 
kislotalardagi 
nukleotidlarning muayyan joylashgan o‘rniga bog‘liq. Nuklein kislotadagi nukleotid o‘rni 
o‘zgarsa, oqsildagi aminokislota qatori ham o‘zgaradi. Ko‘pchilikka ma’lumki, Morze alifbosi 
orqali xabarlar va telegrammalar shaharlardan shaharlarga uzatiladi. Morze alifbosining harflari 
qisqa va uzun belgilardan, ya’ni nuqta, tirelardan iborat. Masalan, A harfi 

belgisi, B esa 

bilan belgilanadi

SHartli belgilarni yig‘indisi kodga misol bo‘ladi. Bu erda ham 
harflarning ko‘rinishi nuqta, tirelarning joylanishiga bog‘liq. YUqoridagi misollarga asosan bir 
ob’ektning ko‘rinishi (oqsildagi aminokislotalarning joylanishi, Morze alifbosi bo‘yicha 
harflarning ko‘rinishi) ikkinchisinikiga (nuklein kislotalardagi nukleotidlarga, Morze 
alifbosidagi nuqta, tirelarga) bog‘liq bo‘lsa, kibernetikada kodlanish tizimi deyiladi. 
Sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning joylanish tartibi to‘g‘risidagi 
informatsiya DNK molekulasidagi 4 xil mononukleotidlar yordamida ifodalanishiga genetik kod 
deb ataladi.
DNK molekulasidagi nukleotidlar soni faqat 4 ta bo‘lganligi uchun bitta nukleotid yagona 
aminokislotani ifoda eta olmasligi ma’lum. Xuddi shunga o‘xshash, ikkita nukleotiddan tashkil 
topgan juft to‘plami ham (dupletli) 20 ta aminokislotani ifodalash uchun kifoya qilmaydi. 
SHuning uchun G.Gamov (AQSH) genetik kod 3 ta nukleotid to‘plamidan (tripletli koddan) 
tashkil topgan bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari suradi. Ingliz olimi F.Krik kod hosil bo‘lishida 
3 ta nukleotid qatnashishi mumkinligini nazariy hisoblab, triplet kodini kodon deb atashni taklif 
etgan. 1961 yilda M.Nirenberg o‘z shogirdlari bilan birgalikda sintetik polinukleotid matritsa-


108 
poliuridin kislotadan foydalanib, triplet kodini tasdiqlagan. Bunday matritsa E.coli hujayra 
shirasi yordamida faqat polifenilalaninni sintezlashi kuzatilgan. Politsitidil esa poliprolinni, 
poliadenil esa polilizinni sintezlar ekan. SHu sababli UUU tripleti finilalaninni, SSS prolinni, 
AAA lizinni kodlashini aniqlangan. 
Tajribalar tufayli, oqsil tarkibida uchraydigan barcha amino-kislotalarni ifodalovchi 
tripletlar aniqlandi. Keyinchalik F.Krik ularni juftlab, shu asosda genetik kod lug‘atini tuzdi (13-
jadval). Jadvalda keltirilgan 64 ta tripletlar oqsil sintezini boshlovchi va tugallanishini 
ta’minlovchi tripletlar borligi aniqlandi. Bir aminokislotani ifodalovchi tripletlar bir-biriga 
o‘xshash bo‘ladi. Masalan, valin aminokislotasini ifodalovchi tripletlarning barchasi GU dupleti 
bilan boshlangan. Bunday hollarda kod tripletlar yordamida ifodalansa ham, lekin 
aminokislotalarning 
ifodalovchi 
informatsiya 
faqat 
boshlang‘ich ikkita nukleotidda 
mujassamlashtirilgan bo‘ladi.
Kodon bilan antikodon bog‘lanishining diqqatga sazovor tomonlari borligi aniqlangan. 
Jumladan, kodondagi birinchi va ikkinchi azot asoslari antikodondagi nukleotidlar bilan 
komplementar azot asoslari o‘rtasida mustahkam bog‘lar orqali bog‘lanadi. Kodondagi uchinchi 
azot asoslari esa antikodondagi azot asoslari o‘rtasida bog‘ mustahkam bo‘lmaydi va ularning 
o‘zaro komplementar bo‘lishi ham shart emasligi aniqlangan. SHunday jarayonni ma’noga ega 
bo‘lmagan moslashuv mexanizmi yoki azot asoslari o‘rtasidagi tebranish fenomeni deyiladi. 
SHunday yuritmaga asosan, antikodondagi urotsil kodondagi faqat adenin bilan bog‘lanmasdan, 
guanin orqali ham kimyoviy bog‘lanadi. Antikodondagi guanin kodondagi sitozin va urotsil 
bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunday hodisa shuni ko‘rsatadiki, bir necha kodonlar bitta 
aminokislotani ifodalashni bildiradi. 13-jadvaldan bilish mumkinki, bir necha aminokislotalar 
ikkita va undan ko‘proq antikodonlar bilan ifodalanishi mumkin. Faqat ikkita aminokislota-
metionin va triptofanlar bitta kodonlar orqali kodlanadi. Qolgan aminokislotalar uchun kodonlar 
soni ikkitadan (arginin va sistein uchun) oltitagacha (leysin va serin uchun) bo‘lishi mumkin.
Bitta aminokislotaning bir necha triplet yordamida ifodalanishini genetik kodning 
“aslidan chekinishi, ayniganligi” (vыrojdennost) hodisasi deb ataladi. Mazkur hodisaning 
biologik ma’nosi shundan iboratki, oqsil sintezini engillashtirishda t-RNK ni i-RNK dan tez 
ajralishini va mutatsiyaning zarar etkazuvchi ta’siriga turg‘unlikni oshirishni ta’minlaydi 
Genetik kod jadvali 
13-jadval 

Download 4.83 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua

Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish