Transkripsiyaning elongatsiyasi




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
Transkripsiyaning elongatsiyasi 
DNK ning bir zanjirida i-RNK ning ma’lum qismi hosil bo‘lishi bilan, RNK-
polimerazaning muayyan subbirliklari DNK dan ajraladi. Kor-fermenti esa i-RNK ni matritsada 
uzayishini davom ettiradi. Fermentning 5
I
-3
I
harakati davomida DNK-matritsadagi ajralgan 
nukleotid qatorlari orasida qaytadan vodorod bog‘lari hosil bo‘ladi. Sintezlangan i-RNK 
prokariotlarda oqsil sintezi uchun ribosomaga jalb qilinadi. Eukariot hujayralarda esa yangi 
sintezlangan transkriptlar posttranskripsion modifikatsiyadan so‘ng i-RNK shakllanadi. 


102 
 
Transkripsiyaning terminatsiyasi 
Prokariot organizmlarda RNK terminatsiyasi sintezlanayotgan RNK molekulasida 
sochto‘g‘nog‘ich (shpilka) shaklidagi zanjirlar hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Natijada matritsa 
bilan transkript o‘rtasidagi bog‘ uzilib, RNK ajraladi. 
Г
Г
Г
Г
Г
Г Ц
Ц
Ц
Ц
Ц
Ц
и РНК
ОН
33-rasm. Terminatsiya saytidagi RNK shpilkasi. 
Prokariotlarda terminatsiya maxsus oqsil (r-oqsil) xelikaza faolligiga ega bo‘lganlar 
orqali ham amalga oshadi. Mazkur oqsil transkriptonga bog‘lanib, RNK-polimeraza orqasidan 
harakat qiladi. SHpilkalar hosil bo‘lib, fermentlarning harakati terminatsiya saytiga etganda 
enzimning faolligi pasayadi, r-oqsil esa RNK-polimerazaga etib, dupleksni ajratadi. Natijada 
transkripsiya nihoyasiga etkaziladi, yangi sintezlangan RNK esa matritsadan ajraladi. YUqorida 
ta’kidlanganidek, prokariotlarda birlamchi transkriptlar o‘zgarishga yuz tutmay, to‘g‘ri 
translyasiyaga jalb qilinadi. 
Eukariotlarda transkripsiyaning terminatsiya yuritmasi oxirigacha hali aniqlanmagan. 
Taxmin qilinishicha, sintezanayotgan genning oxirgi 3
I
-ON tomonida RNK-polimeraza fermenti 
bilan stop-oqsil bog‘lanib, transkripsiyani sekinlashtiradi. O‘z navbatida ferment terminal 
nukleotidlar sintezlanib, ular esa sintezlangan RNK ni matritsadan ajratadi. Hosil bo‘lgan RNK 
dagi terminal nukleotidlar ekzonukleaza fermenti orqali ajratiladi. Polimeraza enzimi orqali esa 
150-200 nukleotidli poliadenil zanjir (poli A) RNK ga bog‘lanadi. 
Matritsadan ajralib yangi sintezlangan transkriptlar posttranskripsion jarayoning deb 
ataluvchi o‘zgarishga yuz tutadi. Transport RNK va r-RNK molekulalarining boshlang‘ich 
jarayoningida ekzonukleaza fermentlaridan saqlanish uchun ular metillanadilar. Eukariot 
organizmlarda hosil bo‘lgan matritsa yoki i-RNK lar murakkab jarayoninglar jarayonida 
shakllanadi.


103 
Boshlanishida i-RNK oxiridan 15 nukleotid ajralib, poliadenilat-polimeraza fermenti 
ishtirokida poliadenil nukleotidlari (poli A) sintezlanadi. RNK-polimeraza II 5
i
tomonga 7-metil 
guanozinni ulab KEP ni shakllantiradi. Bunday i-RNK ning modifikatsiyasi ekzonukleaza 
fermentlarining ta’siridan saqlanishga qaratilgan bo‘lsa, qo‘shimcha yana i-RNK ni sitoplazmaga 
chiqarishga va ribosoma bilan bog‘lanishiga yordam beradi. Informatsiya RNK ning poli A 
qismi yangi sintezlangan transkriptlarni stabil holatga keltiradi. 
YAdroda sintezlangan RNK ni ko‘p qismi ma’nosiz bo‘lib, ularni intronlar deyilib, i-
RNKning shakllanishida mazkur bo‘limlar ajratiladi. Matritsali RNK translyasiyada ishtirok 
etuvchi ma’noli qismini esa ekzonlar deb ataladi. YAngi sintezlangan i-RNK dagi intronlarni 
ajratilishi va ekzonlarning ulanish jarayonini splaysing deyiladi. Splaysing jarayonini amalga 
oshiruvchi omillar sifatida yadroviy RNK lar xizmat qiladi va ular fermentativ xususiyatga ega. 
Ular ribozimlar deyiladi. Ularning oxirgi yopishqoq qismlari bo‘lib, intronlar bilan 
komplementar holda bo‘ladilar. 
Kichik molekulali, yadroviy RNKlar maxsus oqsillar bilan kompleks holda bo‘lib, 
bularni splaysosomalar deb ataladi. Xuddi shu kompleks i-RNK molekulasidagi intronlarni 
qirqib, ekzonlarni ulashda ishtirok etadi. Ekzonlarni bir-birlari bilan ulashni RNK-ligaza 
fermentlari bajaradi. Ular splaysosoma tarkibida bo‘ladi.
Mazkur muammoning hal qilinishi quyidagi ikkita muhim ilmiy kashfiyotga sababchi 
bo‘ldi: 

ribozimlar splaysosoma tarkibidagi oqsillarning yordamisiz o‘zlari mustaqil ravishda 
intronlarni qirqish xususiyatiga ega. Demak, ular katalitik- fermentativ xususiyatiga ega ekanligi 
aniqlandi. Ularning bunday unikal xossasi, fermentlar haqidagi ma’lumotlarni yanada 
kengaytirishga xizmat qiladi. CHunki biz biologik kataliz faqat oqsil-ferment orqali amalga 
oshadi degan g‘oyaga asoslanar edik. 

birlamchi transkriptda bir necha i-RNK haqida axborot bo‘lsa, tabiiy bir qancha 
splaysing va turli xil shakllanadigan i-RNK variantlari bo‘lishi mumkin. Bunday splaysinglar 
alternativ deb atalib, ular transkripsiyani regulyasiyasida katta ahamiyat kasb etadi. 

jarayoning nihoyasiga etib, shakllangan i-RNK sitoplazmaga maxsus oqsil-
informoferlar orqali ko‘chiriladi. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish