• RNK – polimeraza xillari Sintezlanuvchi RNK lar
  • RNK sintezi (transkripsiya)




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/101
    Sana21.02.2023
    Hajmi4.83 Mb.
    #43090
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
    Bog'liq
    O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
    asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
     
    RNK sintezi (transkripsiya) 
    YUqorida ta’kidlanganidek, oqsil sintezi uchun DNK matritsa bo‘la olmaydi. Oqsil 
    sintezida genetik axborotni DNK dan oqsil sintezlovchi ribasomani maxsus RNK lar ta’minlaydi. 
    RNK molekulalari makroerg tutgan ATF, GTF, STF va UTF lardan DNK matritsasida, RNK-
    polimeraza fermentlari ishtirokida sintezlanadi. RNK zanjiri DNK molekulasining bir qismida 
    komplementar tizim asosida sintezlanganligi uchun, ularning nukleotid qatori bir-birlariga mos 
    keladi.
    Transkripsiya jarayonida uch turdagi RNK sintezlanadi. Informatsiya RNK ribosomadagi 
    oqsil sintezi uchun matritsa bo‘lib xizmat qiladi. Transport va ribosom RNK lar ham oqsil 
    sintezida bevosita faoliyat ko‘rsatadilar. Replikatsiya va transkripsiya jarayonlarida umumiylik 
    belgilari bo‘lib, DNK molekulasining bir zanjiri matritsa sintezi uchun xizmat qiladi. Lekin, bu 
    jarayonda jiddiy farqlar ham yo‘q emas. Replikatsiyada DNK ning ikki zanjiri matritsa xizmatini 
    o‘taydi. RNK sintezida DNK ning bir qismi matritsa rolini bajaradi. Bu fragmentlar muayyan 
    genlar guruhini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni transkriptonlar deyiladi.


    101 
    RNK sintezi RNK polimeraza fermenti ishtirokida amalga oshadi.Organizmda bir necha 
    xil RNK polimeraza fermentlari aniqlangan: 
    RNK-polimeraza fermentining xillari va vazifalari12-jadval 
    RNK – polimeraza xillari 
    Sintezlanuvchi RNK lar 
    I (A) 
    r – RNK 
    II (V) 
    i – RNK 
    III (S) 
    t – RNK 
    Transkripsiyaning initsiatsiyasi 
    Prokariot 
    organizmlarda 
    transkripsiyaning 
    faoliyati 
    RNK-polimerazadagi 
    bir 
    subbirlikning DNK molekulasidagi promotor deb ataladigan qismiga bog‘lanishidan boshlanadi. 
    DNK ning bu fragmenti informativ bo‘lmasdan, faqat ferment bilan bog‘lanish uchun xizmat 
    qiladi. Fermentning bog‘langan qismidan transkripsiya boshlanadi. DNK ning promotorida ikkita 
    element bo‘lib, ular RNK-polimeraza fermenti bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi, ferment DNK 
    kompleksini mustahkamlaydi. 
    DNK ning RNK polimeraza bilan bog‘langan qismlarini diskriminatorlar deyilib, ular 
    transkripsiya jarayonini tezlashtirishda ishtirok etishi aniqlangan. Ferment ta’sirida DNK 
    molekulasi ikkiga ajralganidan boshlab transkripsiya boshlanadi. Bunday transkripsiya jarayoni 
    prokariotlarda bo‘lib, eukariotlarda shunga o‘xshash bo‘lsa ham ularning promotor qismida 
    farqlar borligi aniqlangan. Eukariot va prokariot organizmlardagi DNK promotorlarining 
    nukleotid qatorlari bir-birlaridan farqlanadi.
    Eukariot promotorining uzoqroq qismini enxanseralar deb atalib, ular transkripsiya 
    jarayonini boshqaradi. Transkripsiyaning birinchi nukleotidi 5
    I
    -tomonidan modifikatsiyaga 
    (guanin metillanadi) uchrab, bu jarayonni kepirlanish deyiladi. SHuning uchun transkripsiyadagi 
    birinchi nukleotidni genlarning boshlang‘ich nuqtasi yoki KEP – sayti deyiladi. Informatsiya 
    RNKning oxirgi nukleotid qatori (AATAAA) transkripsiya jarayonini to‘xtalishida asosiy belgi 
    sifatida xizmat qiladi.
    Eukariot organizmlarda promotor, RNK – polimeraza kompleksi o‘z faoliyatida maxsus 
    tashabbuskor oqsillar ishtirok etadi. Ularni umumiy transkripsiya omillari deyiladi. 

    Download 4.83 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish