|
Oqsillar
Asosiy vazifalariBog'liq O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslariOqsillar
Asosiy vazifalari
DNK-polimeraza
Dezoksiribonukleotidlarni polimerlash
Xelikazalar
DNK zanjirini ajratish
Topoizomerazalar
Qo‘shimcha hosil bo‘ladigan molekulalarni relaksatsiya qilish
Praymaza
RNK-praymerni sintezlash
Oqsil SSB
Ikkiga ajralgan DNK zanjirini qaytadan rekombinatsiya qilinishiga
yo‘l bermaydi
DNK-ligaza
Okazaka fragmenlarini DNK zanjiriga ulash
DNK ning sintezi bevosita DNK-polimeraza fermenti ishtirokida amalga oshadi.
Prokariotlarda bir necha xil DNK-polimerazalar aniqlangan. DNK-polimeraza I polifunksional
ferment bo‘lib, polimeraza va nukleaza faolligiga ega. Bu ferment DNK ning reparatsiyasida
ishtirok etadi. DNK-polimeraza II ning vazifasi aniq emas. DNK polimeraza III fermentining
vazifasi boshqa polimerazalarga qaraganda ko‘p ekanligi aniqlangan. Xuddi shu ferment DNK
molekulasini qo‘payib borishida bevosita ishtirok etadi. Ammo, shu narsa aniqlanganki, DNK-
polimeraza III mustaqil ravishda yangi DNK molekulasiga bog‘lana olmaydi va yangi molekula
sintezlay olmaydi. Demak, DNK molekulasi sintezini boshlovchi boshqa struktura bo‘lishi kerak.
SHunday struktura vazifasini RNK fragmenti bajaradi. DNK-polimeraza III RNK fragmentiga
bog‘lanadi. Bu fragmentni praymer deb atalib uning shakllanishida praymaza ishtirok etadi.
Eukariotlarda ham bir necha xil DNK-polimerazalar aniqlangan (
,
,
,
,
). Eukariot
organizmlarda asosiy DNK-polimeraza ferment
hisoblanadi. DNK-polimeraza
prokariotlardagi DNK-polimeraza Iga o‘xshaydi. DNK-polimeraza
mitoxondriya DNK sining
sintezida ishtirok etadi.
Eukariotlardagi DNK-polimeraza bir sekundda 100 nukleotidlarni DNK molekulasiga
bog‘laydi, bu prokariotlardagi fermentlarga nisbatan 10 marta faolligi past hisoblanadi.
|
| |