• tosuvchi elementlar sifatida
  • Kop qavatli binolarga ishlatiladigan konstruksiyalar
  • -rasm. Ishlab chiqarish binolarining kolonnalari




    Download 1,07 Mb.
    bet11/17
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,07 Mb.
    #7596
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17

    23-rasm. Ishlab chiqarish binolarining kolonnalari: a – kransiz binolarnipg chetki qatorlari uchun; b – kransiz binolarning o'rta qatorlari uchun; v –kranli binolarning chetki qatorlariga mo'ljallangan to'g'ri burchakli kolonna; g – kranli binolarning o'rta qatorlariga mo'ljallangan to'g'ri burchakli kolonna; y – kranli binolarning chetki qatorlariga mo'ljallangan ikki tarmoqli kolonna; ye – kranli binolarning o'rta qatorlariga mo'ljallangan ikki tarmoqli kolonna; 1 –quyma detallar; 2 – po'lat kallak; 3 – anker boltlar; 4 – konsol sirtidagi quyma detal; 5 – ustun chetidagi quyma detal
    Kranosti to'sinlari (24-rasm, a) – kesimi tavr shaklida, tayanch qismi yo'g'onlashtirilgan bo'ladi. Ular konsollarga yoki kolonnalar chiqig'iga yotqiziladi. To'sinlarning yuqorigi tokchasidagi teshiklar kran harakatlanadigan yo'llarni mahkamlaydigan boltlar uchun mo'ljallangan.

    Bir nishabli stropila (sarrov) to'sinlari (24-rasm, b) 6 va 12 metrli prolyot uchun mo'ljallangan bo'lib, oddiy yoki oldindan zo'riqtirilgan temir-betondan tayyorlanadi.

    Ikki nishabli stropila to'sinlari (24-rasm, v) nishab tomli binolarda ishlatiladi. Yotqizilgan yopma plitalar to'sinning yuqorigi tokchasidagi quyma detallarga payvandlab ulanadi.

    Stropila fermalari (24-rasm, g, d) tomi yassi va nishab shakldagi binolarda ishlatiladi; 18 hamda 24 metrli prolyot uchun mo'ljallangan.

    Stropila osti fermalari (24-rasm, ye) kolonnalarning bo'ylama qatori bo'ylab o'rnatiladi (qadimi 12 m ga teng bo'lganda). Bu fermalar stropila konstruksiyalari uchun tayanch vazifasini bajaradi.

    Korxona binolarida to'suvchi elementlar sifatida quyida­gilardan foydalaniladi:



    yassi temir-beton panellar (25-rasm, a) – qalinligi 70 mm bo'lib, isitilmaydigai binolarning devorlarini to'sish uchun xizmat qiladi;

    devorbop panellar (25-rasm, b) – qalinligi 300 mm gacha bo'lib, yengil beton yoki g'ovak betondan yasaladi, bunday panellar isitiladigan binolar devoriga ishlatiladi;

    yopma (tom) plitalari (25-rasm, v, g) – sarrov konstruksiya­larining yuqorigi belbog'i ustiga yotqiziladi. Ular eniga qarab asosiy plita va yordamchi plitalarga ajratiladi.

    Industrial buyumlar: burchakbop bloklar, peshtoq (fronton) panellari, tepa to'sinlar, ravoq (peremichka) va boshqalar.

    Ko'p qavatli binolarga ishlatiladigan konstruksiyalar:

    poydevorlar va poydevor to'sinlari tuzilishi jihatidan bir qavatli binolarnikidan farq qilmaydi;

    a)

    b)

    v)

    g)

    d)

    y)



    Download 1,07 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ishlab chiqarish binolarining kolonnalari

    Download 1,07 Mb.