Binoning ko'tarib turuvchi konstruksiyalari: poydevorlari, devorlari, kolonnalari, orayopmalari fazoda bir-biri bilan bog'lanib, binoning ko'tarib turuvchi ostovini hosil qiladi.
Ostov ko'tarib turuvchi elementlarining fazoda qanday joylashganligiga qarab binolarning quyidagi konstruktiv tiplari farq qilinadi:
karkassiz (ko'tarib turuvchi devorli) binolar o'zaro bog'langan tashqi devorlar va qavatlararo yopmadan tashkil topgan bikir va mustahkam korobkadan iborat (4-rasm, a). Binoning tashqi va ichki devorlari orayopmalar hamda tomning nagruzkasini qabul qiladi. Turar joylar, maktablar va boshqa jamoat binolari qurilishida ana shu konstruktiv tip keng tarqalgan;
4-rasm. Binolarning konstruktiv turlari: a - karkassiz bino; b - karkasli bino; v - nimkarkas; 1 - lentasimon poydevor; 2 - ko'tarib turuvchi tashqi devor; 3 - qavatlararo orayopma; 4 - orayopma paneli; 5 - ko'tarib turuvi ichki devor; 6 - kolonnalar; 7 - ustunli poydevor; 8 - o'zini ko'tarib turuvchi tashqi devor; 9 - xari.
a)
b)
v)
karkasli binolar. Karkas (4-rasm, b) deb ataluvchi fazoviy sistema kolonnalar, kranosti to'sinlari, sarrov (stropil) va sarrovosti fermalaridan yoki kolonnalar, xarilar hamda orayopma plitalaridan tashkil topgan bo'lib, binoga ta'sir ko'rsatadigan barcha nagruzkani qabul qiladi. Karkasli binoning konstruksiyasi vazifasiga qarab bir-biridan ajralib turadi (ko'tarib turuvchi va himoyalovchi konstruksiyalar):
yarim karkasli bino (4-rasm, v). Bu tipdagi binolarda ichki karkas bilan birgalikda tashqi devorlar ham orayopma va tomdan tushadigan nagruzkani qabul qiladi.
Har bir konstruktiv tipdagi binoning bir necha konstruktiv sxemasi bo'ladi; bu sxemalar ko'tarib turuvchi elementlarning joylashiщi va o'zaro bog'lanishi bilan farq qiladi.
Karkassiz binolarga xos sxemalar (5-rasm, a, b, v): ko'tarib turuvchi devorlari bo'ylamasiga joylashgan;
b)
5-rasm. Karkassiz binolarning konstruktiv sxemalari: a-ko'tarib turuvchi bo'ylama devorlar; b - ko'tarib turuvchi ko'ndalang devorlar; v–birlashtirilgan devor; 1 - poydevorlar; 2 - bo'ylama ichki devorlar; 3 - bo'ylama tashqi devor; 4 - qavatlararo orayopma panellari; 5 - ko'tarib turuvchi ichki devor; 6 - o'z-o'zini ko'tarib turuvchi tashqi devor; 7 - binoning tores tomonidagi ko'tarib turuvchi devori.
a)
v)
qavatlararo orayopmalarning plitalari shu devorlarga tayanadi;
ko'tarib turuvchi devorlari ko'ndalang joylashgan; bunda ko'ndalang devorlardan boshqa tashqi devorlarning hammasi ko'tarib turuvchi hisoblanadi va qavatlararo orayopmalarning nagruzkasini qabul qiladi;
aralash sxema; bunda qavatlararo orayopmalarning plitalari bo'ylama va ko'ndalang devorlarga tayanadi.
Karkasli binolar quyidagi belgilari jihatidan farq qilinadi:
materiali bo'yicha: temir-beton karkas (yaxlit, yig'ma, yig'ma-yaxlit), metall karkas;
b)
v)
g)
a)
6-rasm. Karkasli binolarning konstruktiv sxemalari: a - xarilar ko'ndalang joylashgan; b - xarilar bo'ylama joylashgan; v - xarilar bir birini kesib o'tadigan qilib joylashtirilgan; g - xarisiz variant; 1 - ustunli poydevor; 2 - o'z-o'zini ko'tarib turuvchi tashqi devor; 3 - kolonnalar; 4 - binoga nisbatan ko'ndalang yotqizilgan xarilar; 5 - qavatlararo orayopma panellari; 6 - binoga nisbatan bo'ylama yotqizilgan xarilar
gorizontal bog'lanishi (kashaklar)ning tuzilishi bo'yicha (6-rasm): xarilar bo'ylama, ko'ndalang va bir-birini kesib o'tadigan yo'nalishda joylashadi va orayopma plitalari kolonnalarga tayanadi (xarisiz variant);
uzellardagi elementlarning biriktirilishi bo'yicha:
yaxlit (bikir) va payvandli (sharnirli) birikma.
Yarim karkasli (xarilar va orayopma plitalarining nagruzkasi tashqi devorlarga tushadigan) binolarga xos konstruktiv sxemalar (7-rasm):
xarilar bo'ylamasiga joylashgan;
xarilar ko'ndalang joylashgan.
a)
b)
7-rasm. Yarim karkasli binoniig konstruktiv sxemalari: a - xarilar bo'ylama yotqizilgan; b - xarilar ko'ndalang yotqizilgan; ye - xarisiz variant; 1 - ustunli poydevor; 2 - kolonna; 3 - lentasimon poydevor; 4 - qavatlararo orayopma paneli; 5 - ko'tarib turuvchi tashqi devor; 6 - xari
v)
Butun bino va uning turli nagruzkalar ta'sir etadigan ayrim elementlari quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:
mustahkamlik – bino va uning elementlarining nagruzka ta'siriga chidamlilik darajasi orqali aniqlanadi;
turg'unlik – gorizontal nagruzkalar ta'siridan yemirilishga qarshilik ko'rsatish;
fazoviy bikirlik – binoga va uning elementlariga muayyan kuch bilan ta'sir etilganda, ularning dastlabki shaklini saqlab qolish xususiyati.
Binoning turg'unligi va fazoviy bikirligi konstruktiv elementlarining o'zaro tutashuviga hamda uzellar birikmalarnning mustahkamligiga va hokazolarga bog'liq.
Karkassiz binolarning fazoviy bikirligi:
ko'ndalang ichki devorlar, shu jumladan bo'ylama tashqi devorlarga bog'langan zina kataklari devorlari;
devorlarni o'zaro bog'lovchi hamda ularni binoning balandligiga qarab alohida qavat (yarus)larga ajratuvchi qavatlararo orayopmalar orqali ta'minlanadi.
Karkassiz binolarning devorlari va orayopmalari binoning ichini vertikal va gorizontal nagruzkalarni qabul qila oladigan fazoviy-o'zgarmas yacheykalarga ajratadi.
Karkassiz bino yetarli darajada turg'un va fazoviy bikir bo'ladi.
Karkasli binolarning fazoviy bikirligi:
bir qavatli binolarning o'zgarmaydigan geometrik sistema hosil qiluvchi ko'ndalang ramalarining birgalikda ishlashi;
ko'p qavatli binolarda o'zgarmas geometrik sistema hosil qiladigan o'zaro biriktirilgan kolonnalar, xarilar va orayopmalarning birgalikda ishlashi;
karkas kolonnalari orasiga vertikal kashaklar yoki bikirlik devorlari o'rnatish;
zina kataklari va lift shaxtalari devorlarini karkas konstruksiyalariga biriktirish;
qavatlararo orayopmalarga (kolonnalar orasiga) plitalar o'rnatish;
karkas elementlari orasidagi choklarni va uzellarni mustahkam biriktirish orqali ta'minlanadi.
Yarim karkasli binolarning fazoviy bikirligini kolonnalar ichki qatori hamda devorlarga mahkam biriktirilgan qavatlararo orayopmalar ta'minlaydi.
|