• Suniy tosh materiallar
  • ASOSIY QURILISh MATERIALLARI, INDUSTRIAL KONSTRUKSIYaLAR VA DETALLAR




    Download 1.07 Mb.
    bet4/17
    Sana31.12.2019
    Hajmi1.07 Mb.
    #7596
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    ASOSIY QURILISh MATERIALLARI,
    INDUSTRIAL KONSTRUKSIYaLAR VA DETALLAR




    Tabiiy tosh materiallar va buyumlar



    Tabiiy tosh materiallar turli tog' jinslaridan mexanik yo'l bilan olinadi. Ulardan qurilish materiallari sifatida hamda beton, g'isht, qorishma va shu kabi sun'iy qurilish materiallari tayyorlanadigan xom ashyo tarzida keng foydalaniladi.

    Tosh materiallarning fizik, mexanik va ximiyaviy ko'rsat­kichlariga bog'liq bo'lgan, qurilish xossalaridan eng muhimlari materialning zichligi, pishiqlik chegarasi, sovuqbardoshligi, uzoqqa chidamliligi, ya'ni mustahkamligi va issiq o'tkazuvchan­ligidir. Mexanik pishiqlik marka bilan, boshqacha qilib aytganda, materialning siqilishga, egilishga va cho'zilishga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi.



    Tosh materiallar quyidagicha klassifikasiyalanadi:

    zichligiga ko'ra – og'ir (zichligi 1800 kg/m3 dan ziyod) va yengil (zichligi 1800 kg/m3 dan kam) materiallar;

    siqilishga chidamlilik chegarasiga ko'ra – 4-1000 markaga ajratiladi; shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi 200 gacha bo'ladi; og'ir tosh materiallarning markasi 100 dan boshlanadi va ancha yuqori bo'ladi;

    sovuqqa chidamlilik darajasiga ko'ra – Mrz 10 markadan Mrz 300 markagacha ajratiladi. Shu bilan birga, yengil tosh materiallarning markasi Mrz 10 dan Mrz 25 gacha bo'ladi.

    Qurilish obyektlarida mutlaqo ishlov berilmagan, dag'al ishlangan va sirti puxta silliqlangan tabiiy tosh materiallar qo'llaniladi.



    Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari:

    Xarsangtosh – noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bulaklari - tosh devorlarga nshlatiladi va betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi;

    chaqirtosh – yirikligi – 5-150 mm keladigan turli shakldagi, o'tkir qirrali mayda toshlar (toshmaydalagichlarda olinadi) – betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi, poydevor tagiga solinadi va hokazo;

    shag'al – yirikligi – 5-150 mm keladigan, sirti tekis toshlar—karyerlar, daryo, dengizlar va ko'llar tubidan olinadi, beton tayyorlaganda to'ldirgich sifatida qo'shiladi, trotuar va yo'llar qurishda to'shama sifatida solinadi va hokazo;

    arralangan devorbop tosh – kattaligi 390x190x188 mm, 490x240x188 mm, massasi 40 kg gacha bo'lib, ohaktosh va tufdan arralab olinadi, devorlar va pardevorlar uchun ishlatiladi;

    ohaktosh, tuf va gips toshdan arralab olingan bloklar – hajmi kamida 0,1 m3; devorbop material hisoblanadi;

    devorlarga qoplanadigan pardoz toshlar – sirti turlicha naqsh­langan koshinlar – ichki va tashqi devorlar sirtiga qoplanadi.

    Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar:

    noto'g'ri shakldagi xarsangtoshlar (kattaligi 150x150 mm) – poydevorlarga ishlatiladi;

    yotqizishga qulay, yassi xarsangtosh – taxminan ikkita qirrasi parallel bo'lib, poydevor qurish va boshqa yerosti konstruksiyalari uchun ishlatiladi;

    arralangan devorbop toshlar va yirik bloklar – devorlar va poydevorlar qurish uchun foydalaniladi;

    shu bilan birga, zichligi 2100 kg/m3 dan ortiq bo'lgan bloklar podvallar poydevori va devorlariga ishlatiladi.



    Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar:

    yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi;

    arralangan toshlar – granit, ohaktosh, marmartoshlardan arralab olinadi: qalinligi 40-150 mm bo'ladi, sirti yaltiratilgan, jilvirlangan, arralab naqshlar solingan koshinlar tashqi devorlar sirtiga qoplanadi;

    marmartosh va ohaktoshlardan tayyorlangan yupqa (qalin­ligi 6-20 mm) koshinlar ichki va tashqi devorlar sirtiga qop­lanadi;

    zich jinslardan tayyorlangan tosh taxtalar faqat hashamat­li binolar uchun mo'ljallangan bo'lib, deraza tokchalariga ishlatiladi.

    Tabiiy toshlardan tayyorlangan koshinlash buyumlari transport vositalariga mexanizmlar yordamida ortishga va tushirishga moslashtirilgan yashiklarda tashiladi. Sirti jilolangan detallar (koshinlar) yashiklarga juft-juft qilib, tik holatda joylanadi; bunda har bir juft koshinning jilolangan sirti bir-biriga qaratilgan va oralariga qog'oz qistirma qo'yilgan bo'lishi shart. Ular ponalar bilan mahkamlanishi lozim. Boshqa koshinlarni oralariga qistirmalar qo'yib va tikkasiga joylab, yashiksiz tashish va shu holatda saqlash mumkin; ohaktosh, marmartoshdan tayyorlangan plitalar yopiq omborlarda, nam ta'siridan himoyalangan holda saqlanishi lozim.



    Sun'iy tosh materiallar

    Loydan quyilgan, quritilgan, so'ngra yuqori temperaturali pech (xumdon)larda pishirilgan sun'iy tosh materiallar sopol deb ataladi.

    Sopol materiallar ishlatilish sohasiga qarab, devorbop materiallar (sopol g'isht va sopol tosh) hamda koshinlash materiallariga (naqshindor sopol g'isht va toshlar, binoning oldingi tashqi devoriga qoplanadigan pardoz koshinlarga) ajratiladi.

    Sopol g'isht (9-rasm) mayin loydan quyib yoki yarim quruq hamda qoliplab tayyorlanadi. Quritilgan g'isht xumdonda pishirilgandan keyin to'q qizil yoki och qizil rangli bo'ladi; bu ranglar loy tarkibidagi temir oksidlarga bog'liq.

    Sopol g'isht pishiqlik darajasiga qarab, 75, 100, 125, 150, 175, 200, 250, 300 kabi markalarga ajratiladi va quyidagi o'lchamlarda chiqariladi;



    oddiy g'isht – o'lchami 250x120x65 mm;

    qalinlashtirilgan g'isht – o'lchami 250x120x88 mm;.

    modul g'isht – o'lchami 288x138x63 mm.

    G'isht yaxlit qilib yoki ichi kovak qilib tayyorlanadi, massasi 4 kg gacha bo'ladi.

    G'ishtlarning hamma xillaridan poydevorlar, ichki va tashqi devorlar qurishda foydalaniladi.

    Yarim quruq holda qoliplab tayyorlangan g'ishtlarni binonnng gidroizolyasiya qatlamidan pastda joylashadigan konstruksiyalarga hamda nam, ho'l binolarning tashqi devorlariga ishlatish yaramaydi.



    Sopol g'ishtlarning (9-rasm, b-ye) markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo'ladi; bunday g'ishtlar ichi kovak qilib tayyorlanadi; uning kovaklari ochiq yoki faqat bir boshi ochiq bo'shliklardan iborat bo'ladi. Maynn loydan qo'yilgan va yarim quruq usulda qoliplangan, zichligi 1000-1400 kg/m3 bo'lgan kovak g'ishtlarning teplotexnik ko'rsatkichlari yuqori bo'ladi.

    Sopol blok toshlar (10-rasm) mayin loydan quyiladi va ichi kovak bo'ladi. Ularning o'lchamlari:

    oddiy – 550x120x138 mm;

    yiriklashtirilgan – 250x250x138 mm;

    modul – 288x138x138 mm bo'ladi.

    a)

    b)

    a)

    a)

    b)

    v)

    g)

    d)

    y)

    y)

    d)

    v)

    g)


    9-rasm. Sopol g'isht: a - yaxlit; b-y - ichi kovak; ikki boshi ochiq dumaloq kovakli (b), kvadrat kovakli (v), to'g'ri burchak kovakli (g), bir tomoni berk ikki kovakli g'ishtlar


    10-rasm. Ichi kovak sopol toshlar: a – 7 kovakli; b – 15 kovakli; v – 21 kovakli; g – 28 kovakli; a – kovaklarining ikki boshi ochiq bo'lgan yirik blok; y – kovaklarining ikki boshi ochiq bo'lgan modul blok.

    Sopol blokning qalinligi enli tomoni bilan ustma-ust yotqizilgan ikkita g'ishtning (choklarni to'ldirib turgan qorishmaning qalinligi ham hisobga olingan) qalinligiga teng bo'ladi; uning qirralari tekis yoki taram-taram bo'ladi.

    Mazkur bloklarning markasi 75-300; zichligi 1400 kg/m3 gacha; teplotexnik ko'rsatkichlari yaxshi; shunga ko'ra ulardan tashqi devorlar qurishda foydalaniladi.



    Download 1.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ASOSIY QURILISh MATERIALLARI, INDUSTRIAL KONSTRUKSIYaLAR VA DETALLAR

    Download 1.07 Mb.