|
-rasm. Devor, orayopma va yopmalarning industrial konstruksiyalari
|
bet | 9/17 | Sana | 31.12.2019 | Hajmi | 1,07 Mb. | | #7596 |
19-rasm. Devor, orayopma va yopmalarning industrial konstruksiyalari:
a, b – bir va ikki modulli sirtqi panel; v – tasmalar shaklidagi sirtqi panellar; g – Z shaklidagi devor; d –«teshik kulcha» shaklchdagi sirtqi devor paneli; y – ichki devor paneli; j – orayopmaga ishlatiladigan dumaloq kovakli panel; z – orayopmaga ishlatiladigan yassi yaxlit panel; i – yopmaning bir qismi
kolonnalar (20-rasm, a) M230-M500 markali betondan kvadrat kesimli yoki ikki konsolli qilib (konsolining qirqimi 300x300 mm yoki 400x400 mm) tayyorlanadi; balandligi bir qavatli bino balandligicha keladi;
xarilar (20-rasm, v ) M300-M400 markali betondan tokchali qilib tayyorlanadi; tokchalarga qavatlararo orayopma plitalari tayanib turadi; xarilarning uzunligi 6000 mm gacha, qirqimi 450x400 mm;
kergi-plitalar (20-rasm, v) yassi yoki qovurg'ali bo'lib, M300 markali betondan tayyorlanadi, orayopmada kolonnalar orasiga joylanadi, uzunligi 6000 mm gacha, kengligi 1500 mm gacha;
bikirlik devorlari (20-rasm, a) M300 markali betondan tayyorlanadi; bu devorlar kolonnalar bilan xari orasiga o'rnatiladi;
a)
b)
20-rasm. Zina va karkasning yig'ma elementlari: a – yig'ma zinaning bir qismi; b – yarim sahnli zina marshi; v – karkas-panelli binoning bir qismi; 1 – zina marshi; 2 – zina sahni; 3 – kolonna; 4 – plitatirgovich; 5 – xari; 6 –bikirlik devorchasi
hajmiy elementlar (21-rasm) sanitariya-texnika hajmiy kabinalari, lift shaxtalariga ishlatiladigan tyubing (plita)lar kattaligidagi bir xona bloklar ko'rinishida bo'ladi;
turli yordamchi elementlar: ravoqlar, deraza tokchasiga ishlatiladigan plita va hokazolar.
21-rasm. Grajdan binolarining hajmiy elemeitlari: a – blok-xona; b – sanitariya texnika kabinasi; v – lift shaxtasining bloki (ventilpniya bloki va axlat tortadigach truba bilan birga qo'shilgan); g –texnik yerto'laga tushiladigap zina; 3 – fazoviy zveno bloki; 1 – axlat tortadigai truba; 2 – ventilyasiya kanali
a)
b)
v)
g)
d)
|
| |