Devorbop sopol bloklar (11-rasm, a-v) yaxshi qorilib, obdan pishirilgan mayin loydan plastik presslash usulida tayyorlanadi. Ular uch tip o'lchamda chqariladi (yaxlit blok, yarim blok, deraza o'rinlariga ishlatiladigan bir burchagi o'yilgan blok). Bunday buyumlarning kovaklari 60% ni tashkil etadi.
а)
б)
в)
11-rasm. Devorbop sopol bloklar: a - yaxlit; v – bo'ylama yotqizilgan yarim blok; v – chorakta blok (deraza o'rinlariga ishlatimladi)
Pardozlash sopol g'ishtlar (12-rasm, a, b) yuqori sifatli loydan quyiladi, pishirilganidan keyin och jigarrangdan qizg'ish va jigarrang tusgacha bo'lgan har xil ranglarni kasb etadi.
Bunday g'ishtlar yaxlit yoki ichi kovak qilib ishlab chiqariladi; kovaklar (ochiq yoki berk) g'ishtning enli tomoniga nisbatan ko'ndalang joylashadi. G'ishtning sirti jilolangan, taram-taram yoki rangli bo'ladi.
Pardozlash g'ishtlari 250x120x65 mm va 250x120x88 mm o'lchamlarda, 75, 100, 125, 150, 200, 300 markalarda ishlab chiqariladi hamda binolarning ichki va tashqi devorlari sirtiga qoplash uchun ishlatiladi.
a)
b)
v)
g)
d)
e)
|