G'IShT TERISh G'isht terish to'g'risida qisqacha ma'lumot




Download 1.07 Mb.
bet14/17
Sana31.12.2019
Hajmi1.07 Mb.
#7596
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

G'IShT TERISh




G'isht terish to'g'risida qisqacha ma'lumot



G'isht terish deganda (29-rasm), g'isht yoki tabiiy toshlar, bloklarni ma'lum qoida bo'yicha terib devor kurish tushuniladi.

G'ishtlarni terish qoidalarida quyidagilar ko'zda tutilgan:

g'isht, tosh, boshqa materiallarni ta'sir etuvchi kuchlarga nisbatan perpendikulyar joylashgan gorizontal qatorlar hosil qilib yotqizish;

g'ishtlar orasida ko'ndalang va bo'ylama choklar hosil qilish;

qo'shni qatorlarning vertikal choklarini bir-biri to'g'risida joylashmaydigan qilib siljitish (o'zaro bog'lash).



G'isht qatorlarini bog'lash uchun ko'ndalang yotqizib terilgan g'isht qatorlari bo'ylama yotqizilgan qatorlar bilan navbatlashishi, boshqacha qilib aytganda, g'ishtlar bir qatorda ko'ndalang va navbatdagi qatorda uzunasiga yotqizilishi lozim.

G'ishtin devorning mustahkamligi – konstruksiyaning nagruzka ta'siridan yemirilishga qarshilik ko'rsatish xususiyatidir.

G'ishtin devorning turg'unligi deganda, kurilgan konstruksiyaning gorizontal kuchlar ta'sir etganda o'z holatini saqlab turish xususiyati tushuniladi.



a)

b)

v)


29-rasm. G'ishtin terim elementlari va bog'lash sistemasi: achoklarpi bir qatorli (zanjirsimon) bog'lash; b – ko'p qatorli bog'lash; v – uch qatorli bog'lash; 1 – g'ishtlar bo'yiga yotqizib terilgai sirtqi yuza (versta) qator; k – g'ishtlar ko'ndalangiga yotqizib terilgan sirtqi yuza (versta) qator; 3ko'ndalang vertikal chok; 4 – bo'ylama vertikal chok; 5 – gorizontal choklar; 6 – to'ldirma qator (zabutovka)
G'ishtin devorning zo'riqish holati tashqi kuchlar (yotqizilgan konstruksiyadan tushadigan og'irlik, devorning o'z og'irligi va boshqa faktorlar) ta'sirida sodir bo'ladi. Katta nagruzkada devorda vertikal yoriqlar paydo bo'ladi. Nagruzka ortaversa, devor yorilib, ayrim ustunchalarga bo'linadi. Bunday devor tegishlicha mustahkamlan­masa, yemiriladi va qulaydi.

Qorishmaning ko'tarib turish xususiyati quyidagi faktorlarga:

1. Qorishmaning markasiga bog'liq. Past qorishmadan hosil bo'lgan choklar nagruzka ta'sirida deformasiyalanadi. Yuqori markali qorishma bunday o'zgarishga kam uchraydi.

2. Choklar qalinligiga bog'liq. Choklarning qalinligi normadan ortiq bo'lganda devorning mustahkamligi kamayadi. Bunga sabab shuki, chokdagi qorishma devorga ishlatilgan materialga qaraganda ko'proq tob tashlaydi. Choklar keragidan yupqa bo'l­ganda g'ishtlar va toshlarning notekis yuzalari bir-biriga tegadi. Bunday joylarda g'ishtlar egilib, devorning ko'tarib turish quvvati pasayadi.

3. Choklarning zichligiga bog'liq. Qorishma plastik (standart konusning cho'kishi 8-14 sm) bo'lganda choklarning qalinligi bir xil chiqadi. Yotqiziladngan g'ishtlarning qorishma qatlamiga dastlabki botishidayoq choklar zichlashib, devorning mustahkamligi ortadi.



Bog'lash sistemasi deb, g'ishtlarning ma'lum tartibda terilishiga aytiladi.

G'ishtin devorlar qurishda quyidagi bog'lash sistemalari qo'llaniladi:



bir qatorli (zanjirli) bog'lash sistemasi (29-rasm, a) – bunda ko'ndalang yotqizib terilgan g'isht qator bilan uzunasiga yotqizib terilgan g'isht qatorlari navbatlashib keladi. Choklarni bog'lashning bu sistemasi osonligi va devorning mustahkamligini oshirishi bilan ajralib turadi, biroq, bunda mehnat unumdorligi past bo'ladi;

ko'p qatorli bog'lash sistemasi (29-rasm, b) – bunda besh qator uzunasiga yotqizilgan qator ko'ndalang yotqizib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu sistema qullanilganda mehnat unumdorligi bir qatorli sistemadagiga nisbatan ancha yuqori bo'ladi; biroq devorning mustahkamligi 3-5% pasayadi;

uch qatorli bog'lash sistemasi (29-rasm, v)bunda uzunasiga yotqizib terilgan uch qator g'ishtlar ko'ndalang terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu holda uchta qo'shni qatorning vertikal choklari bir-biriga to'g'ri keladi. Ustunlar va devorning derazalar oralig'idagi qismini terishda (eni 1 metrgacha bo'lganda) choklarni bog'lashning ana shu sistemasi qo'llaniladi.



Download 1.07 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 1.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



G'IShT TERISh G'isht terish to'g'risida qisqacha ma'lumot

Download 1.07 Mb.