• Metallar va metall buyumlar
  • Choklarni to'ldirish uchun ishlatiladigan materiallar




    Download 1,07 Mb.
    bet13/17
    Sana31.12.2019
    Hajmi1,07 Mb.
    #7596
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

    Choklarni to'ldirish uchun ishlatiladigan materiallar



    Beton va qorishmalar tayyorlashda tez qotadigan sement yoki markasi 500 va bundan ham yuqori bo'lgan portlandsement ishlati­ladi. Bu bog'lovchi materiallar yig'ma konstruksiyalar elementlarini mustahkam ulaydi. Beton qorishmalarning markalari ish chizmasida ko'rsatiladi. Bunday ko'rsatma bo'lmagan hollarda quyidagicha ish tutiladi:

    hisobiy nagruzkani qabul qiladigan choklarni to'ldirish uchun ishlatiladigan beton qorishmaning markasi biriktiriladigan elementlar markasidan past bo'lmasligi lozim;

    hisobiy nagruzkani qabul qilmaydigan choklar uchun ishlati­ladigan betonlar markasi M150 dan, qorishmalar markasi esa 100 dan past bo'lmasligi;

    yengil beton konstruksiyalarning birikish joylaridagi choklarni to'ldirish uchun ishlatiladigan beton va qorishmalarning markalari 50 dan past bo'lmasligi lozim.

    Issiq-sovuqni o'tkazmaydigan (teploizolyasiya) materiallar: zichligi 800-1000 kg/m3 bo'lgan betonlar, choklarning o'lchamiga moslab, penopolistirol, stiropor, mineral paxtadan tayyorlangan termovkladishlar. Bu materiallar choklar orqali mutlaqo issiq-sovuqni o'tkazmaydi.

    Gidroizolyasiya (suv-nam o'tkazmaydigan) materiallar (rube­roid, brizol va boshqalar) – konstruksiyalarning ulangan joylaridagi choklaridan nam o'tishining oldini olish maqsadida choklarning ichki tomoniga shunday materiallar yopishtiriladi.

    Germetiklashtiruvchi materiallar – choklardan havo o'tishiga (shamol urib turishiga) yo'l quymaydigan elastik qistirmalar va mastikalardan iborat.

    Poroizol 30-60 mm diametrli dumaloq yoki oval kesimli eshilgan g'ovak elastik material bo'lib, qotmaydigan binokorlik mastikasi bilan birga ishlatiladi.

    Gernit P sirtida nam o'tkazmaydigan pardasi bo'lgan elastik g'ovak kistirma bo'lib, diametri 40-60 mm.

    Germetiklashtiruvchi qotmaydigan mastika –polnizobutilen kauchuk, to'ldirgich va plastifikatorlardan tayyorlangan bir jinsli qovushoq massa. Mastika polietilen plyonkaga o'ralgan briketlar ko'rinishida chiqariladi. Tayyor mastikaning tusi qoradan tortib to och kul ranggacha bo'ladi; u 70°dan 50°S temperaturagacha plastikligini yuqotmaydi, beton bilan yaxshi tishlashadi, havo va namni mutlaqo o'tkazmaydi.

    Metallar va metall buyumlar

    Qurilishda metallar prokat, metall buyumlar, armaturalar, yassi va fazoviy konstruksiyalar ko'rinishida ishlatiladi. Ular asosan kam uglerodli, ya'ni tarkibida 0,25%dan kamroq uglerod bo'lgan, shuningdek, kam legirlangan (boshqa xil metallar kam qo'shilgan) po'latdan tayyorlanadi. Metallarni ishlatish normasi «Asosiy qurilish materiallarini tejab sarflash texnik qoidalari» (TP 101-81) ga muvofiq belgilanadi.



    Prokat po'latlarning turlari:

    dumaloq po'lat – diametri 8-20 mm;

    polosa po'lat (28-rasm, a) eni 12-200 mm va qalinligi 4-60 mm;

    teng tokchali burchaklik. (28-rasm, b) tokchalarining kengligi 20-250 mm va qalinligi 2-30 mm;

    tokchalari har xil burchaklik (28-rasm, y) – tokchalari kengligi 25x15 - 250x160 mm va qalnnligi 3-20 mm;



    shvellerlar (28-rasm, a) – balandligi 50-400 mm, tokchalarining kengligi 50-70 mm;

    qo'shtavrli to'sinlar (28-rasm, d) balandligi 100-700 mm, tokchalari kengligi 55-210 mm.

    Profillar nomeri asosiy o'lchamlar (sm) kattaligini bildiradi; masalan, «5-nomerli teng tokchali burchaklik po'lat» – tokchalari kengligi 50 mm ligini bildiradi; 27-nomerli shveller» – balandligi 270 mm bo'lgan shvellerni ifodalaydi va hokazo.



    Shakldor po'lat to'shama (28-rasm, ye-i)qalinligi 0,8-1 mm bo'lgan rux tunukadan tayyorlanadi. Chuqur profilli tunukalar tom yopish uchun ishlatiladi; yuza profilli tunukalardan esa devor panellari tayyorlanadi.

    Po'lat konstruksiyalar shakldor prokat metall, trubalar va po'lat listdan tayyorlanadi. Ular yassi va fazoviy, yaxlit yoki panjarasimon devorchali bo'ladi.


    a)

    b)

    v)

    g)

    g)

    y)

    j)

    z)

    i)

    28-rasm. Prokat po'latlar va shakldor tushamalarnipg turlari: a – po'lat polosa; b – teng tokchali burchakli po'lat; v – tokchalarining eni har xil burchakli po'lat; g – shveller; 9 – qo'sh tavrli to'sin; y, j – polga ishlatiladigan shakldor tushama; z, i – devorga ishlatiladigan shakldor list
    Kolonnalar – yaxlit yoki panjarali, kesimi boshdan oxirigacha bir xil yoki har xil bo'ladi.

    Kranosti to'sinlari (balkalari) – prokat profilli qo'shtavr yoki bikirlik qovurg'alari bo'lgan, payvandlab ulangan, qo'sh­tavrsimon.

    Fermalar – burchakliklar, trubalardan yasalgan, sterjenli yassi konstruksiyalardan iborat. Ular panjarasining ko'rini­shiga qarab, uch burchakli, bir tomonga nishab, ikki tomonga nishab va parallel belbog'li bo'ladi.

    Strukturali tom yopmasi trubalar yoki shakldor prokatlardan yig'ilgan fazoviy sterjenli plitalardan iborat.

    Elektrodlar; metall konstruksiyalarni payvandlab ulash uchun ishlatiladigan elektrodlar diametri 1,6-1,2 mm va uzunligi 250-400 mm bo'lgan sim sterjenlardir. Qurilishlarda E-42, E-42A, E-50 tipidagi elektrodlardan keng foydalaniladi. Ana shunday elektrodlar ishlatilgan payvand choklar juda mustahkamligi bilan ajralib turadi. 42, 50 raqamlari chokning kafolat berilgan, ya'ni garantiyalangan mustahkamlik chegarasini kg/mm2 larda ifodalaydi.

    Payvandlash simidan avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda foydalaniladi.

    Alyuminiy qotishmalardan tayyorlangan buyumlar teng tokchali va har xil tokchali burchakliklar, tavrlar, qo'shtavrlar, shvellerlar va boshqa shakldor prokatlar ko'rinishida bo'ladi. Ular vitrajlar, vitrinalar, pereplyotlar, pardevorlar, osma shiplarda ishlatiladi, shuningdek, ulardan binoning ichki tomonini pardozlash uchun kerak bo'ladigan boshqa buyumlar yasaladi. Metall konstruksiyalarning elementlari elektr bilan payvandlash usulida, boltlar yordamida hamda parchinlab biriktiriladi.


    Download 1,07 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 1,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Choklarni to'ldirish uchun ishlatiladigan materiallar

    Download 1,07 Mb.