G'isht terishda choklarni bir qatorli sistemada bog'lash qoidalari:
birinchi (ostki) qator g'ishtlari dovorning bo'yiga nisbatan ko'ndalang yotqizib teriladi;
devorlar va ustunlarning chetki qatorlaridagi, bug'ot va belbog'lardagi g'ishtlar, shunnngdek, devorning orayopma va balkon plitalari, to'sinlar va boshqalar tayanadigan joylardagi g'ishtlar ko'ndalang teriladi;
g'ishtlari ko'ndalang terilgan qator bilan g'ishtlari uzunasiga terilgan qator navbatlashadi;
devorning sirtqi qatori bilan g'ishtlari ko'ndalang yotqizib terilgan qatorning vertikal choklari 1/4 g'isht bog'lanadi;
g'ishtlari bo'ylama yotqizib terilgan qatorlarning vertikal choklari devorning eni bo'yicha 1/2 gisht bog'lanadi.
To'g'ri burchaklarning g'ishtlari (34-rasm, a, b), devorning qalinligi qanday bo'lishidan qat'i nazar, ko'ndalang yotqizib teriladi; har bir qator yarim g'isht, uch choraklik g'isht qo'yib teriladi. Devor sirtqi qatori uzunasiga yotqizilgan uch choraklik g'ishtlardan boshlanadi; chetki qator g'ishtlari ko'ndalang yotqizib teriladi.
Devorlarning bir-biriga tutashadigan joyidagi g'ishtlarni terishda (34-rasm, v) bir devordagi bir qatorning g'ishtlari ko'ndalang va ikkinchi devordagi qatorniki uzunasiga yotqizib teriladi. Uch choraklik g'ishtlar faqat ko'ndalang devorlar tutashadigan joyda qator oralatib (g'ishtlari ko'ndalang terilgan qatorlar) yotqiziladi. Uch choraklik g'ishtlardan qancha ishlatish kerakligi devorning qalinligira borliq.
Bir-birini kesib o'tadigan devor g'ishtini terishda (34-rasm, g) bir tekislikda joylashadigan qatorlarning g'ishtlari turlicha yotqizib teriladi. Masalan, bo'ylama tushgan devorning sirtidagi qatorlarning g'ishtlari ko'ndalang yotqizib terilsa, ko'ndalang tushgan devorda g'ishtlar uzunasiga yotqiziladi.
a)
b)
v)
g)
d)
y)
j)
34-rasm. Devor g'ishtlarini terishda choklarni zanjirsimon (bir qatorli) bog'lash sistemasi: a, b – qalinligi 2 va 2,5 g'isht bo'lgan devorning burchak g'ishtlarinp terishda choklarni bog'lash; v – qalinligi 4,5 g'isht bo'lgan devorlarning tutashuvi; a – qalinligi 1,5 g'isht bo'lgan devorlarning bir-birini kesib o'tishi; i – qalinligi 1,5 g'isht bo'lgan devorlarning cheklanishi; ye – deformasiya choki; j – dudburon va ventilyasiya kanali
Chetki qatorlar g'ishtini terishda (34-rasm, d) choklarni bog'lash uchun uch choraklik g'ishtlar ishlatiladi; ularning sindirilgan tomoni devorning ichki tomoniga qaratiladi.
Dudburon va ventilyasiya kanallarini qurish ishlari ularning o'rnini andaza bo'yicha belgilab chiqishdan boshlanadi. So'ngra ikki-uch qator g'isht teriladi va kanallarga cho'p-xas o'tishga yo'l qo'ymaydigan buykalar o'rnatiladi. Dudburoni va havo yo'llari bo'lgan devor g'ishtlarini terish tartibi 34-rasm, j da ko'rsatilgan.
G'ishtlarni deformasion choklar hosil qilib. terish tartibi 34-rasm, ye da tasvirlangan.
|