G'ishtlarni terish usullari qorishmaning plastiklik darajasiga, devor sirtining sifatiga qo'yiladigan talablarga qarab tanlanadi va g'isht teruvchi ustaning ish unumiga ta'sir etadi.
G'ishtlarni «siqib» terish usuli (30-rasm) qo'llanilganda dag'al qorishmadan foydalaniladi, chunki bunda devor yuziga qaratilgan qatorlardagi choklar zich to'ldirilgan bo'lishi lozim.
a)
b)
d)
b)
g)
y)
30-rasm. Devor g'ishtlarini bo'yiga va ko'ndalang yetqizib «siqib terish» usuli: a, b – qorpshmani kurakcha bilan kurab to'plash; v, g – g'ishtni surib keltirpsh va ko'ndalang vertikal chokni to'ldirish; d, y – g'ishtni cho'ktirish va chokdan sitilib chiqqan ortiqcha qorishmani sidirib olish
G'isht terish jarayoni quyidagi operasiyalarni o'z ichiga oladi:
yotqizilgan qorishmani kurakcha bilan tekislab, bir necha g'isht uchun to'shama qatlam tayyorlanadi, bu qatlam devor chetidan 1 sm qochirib yotqizilishi lozim;
qorishma yotqizilgan g'ishtning vertikal kirrasiga kurakchaning yoni bilan kurab to'planadi;
g'isht qorishmaning ustiga chap qo'lda yotqizilib, ilgari yotqizilgan g'ishtga taqaladi, kurakcha o'ng qo'l bilan yuqoriga tortiladi;
yotqizilgan g'ishtni qo'l bilan bosib yoki kurakchaning dastasi bilan sekin-sekin urib qorishma qatlamiga cho'ktiriladi;
a)
v)
d)
b)
g)
y)
31-rasm. Devor g'ishtlarini bo'yiga va ko'ndalangiga yotqizib «surib terish» usuli: a, b – qorishmani g'ishtning qirrasi bilan kurab to'plash; v, g – ko'ndalang tushadigan vertikal chokni to'ldirish; d, y – g'ishtni cho'ktirish
bir necha g'isht yotqizilgach, choklardan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma kurakcha bilan sidirib olinadi.
G'ishtlarni surib terish usuli (31-rasm) – devor sirtqi qatorlaridagi choklarni chala to'ldirishga yo'l qo'yilgan hollarda (plastik qorishmada) qo'llaniladi.
G'isht terish jarayoni quyidagi operasiyalarni o'z ichiga oladi:
qorishma katlami devor chetiga 2-3 sm yetkazilmaydi;
g'isht qiya ushlanadi, qorishma qatlami g'ishtning qirrasi bilan ilgari yotqizilgan g'isht tomon suriladi;
g'isht siljitiladi, so'ngra to'g'rilanib, ilgari o'rnatilgan g'ishtga taqab yotqiziladi;
g'ishtni qo'l bilan bosib, zarur qalinlikda chok hosil bo'ladigan darajada qorishmaga botiriladi.
Devor g'ishtlari shu usulda terilganda usta kurakchadan foydalanmaydi, biroq bunday devorning sirtini suvab pardozlash talab qilinadi.
G'ishtlarni surib terib, ortiqcha qorishmani sidirib olish usuli (32-rasm) - bunda devor sirtidagi choklar to'liq bo'lishi talab qilinganligidan plastik qorishma ishlatiladi.
G'ishtlarni bu usulda terish jarayoni quyidagi operasiyalarni o'z ichiga oladi:
qorishma qatlami devor chetiga 1 sm yetkazilmaydi;
g'ishtni qiyalatib ushlab, uning qirrasi bilan qorishma qatlami ilgari yotqizilgan g'isht tomon suriladi;
a)
v)
d)
b)
g)
y)
32-rasm Devor g'ishtlarining bo'yiga va ko'ndalangiga yotqizib «surib turib», choklardan sitilib chiqqan qorishmani sidirib olish usuli: a, b – qorishmani g'ishtning qirrasi bo'ylab sidirib to'plash; g – ko'ndalang vertikal chokni to'ldirish; d, y – g'ishtlarni cho'ktirish va choklardan sitilib chiqqan qorishmani kurakcha bilan sidirish
g'isht siljitilib va to'g'rilanib, ilgari o'rnatilgan g'ishtga takab yotqiziladi;
g'ishtni qo'l bilan bosib yoki unga kurakchaning dastasi bilan yengilgina urib, zarur qalinlikda chok hosil bo'ladigan qilib qorishmaga cho'ktiriladi;
choklardan sitilib chiqqan ortiqcha qorishma kurakcha bilan sidirib olinadi.
G'ishtlarni surib terib, qisman ochiq choklar hosil qilshi usuli. Bu usul to'ldirma qatorlar hosil qilinadigan hollarda qo'llaniladi. Avval qorishma tekis qatlam qilib yotqiziladi, so'ngra g'ishtlar ikki qo'llab teriladi, vertikal choklar to'lishi uchun qorishma g'ishtning qirrasi bilan suriladi va g'isht devor yuziga qaragan sirtqi qator bilan bab-baravar qilib, qorishmaga bosib cho'ktiriladi.
Choklarni pardozlash devor konstruksiyasiga bog'liq. G'ishtin devorlarning keyinchalik suvaladigan sirtidagi choklar qisman to'ldirilmaydi, 1-1,5 sm chuqurlikdagi qismi ochiq qoldiriladi (33-rasm, a); bu suvoq qatlamining devor sirtida mahkam ushlanishini ta'minlaydi.
Suvalmaydigan devor choklariga qorishma devor sirti bilan bab-baravar qilib to'ldiriladi (33-rasm, b).
a)
b)
v)
g)
33-rasm. G'ishtin devorlardagi choklarni pardozlash:
a – ochiq chok; b – sitilib chiqqan qorishma sidirib olingan; v – dumboq chok; g – botiq chok; d – gorizontal chokni pardozlash
Bino fasadining avval vertikal choklariga, so'ngra gorizontal choklariga pardoz beriladi (33-rasm, b, d). Chok pardozining turi loyihada ko'rsatilgan bo'ladi. Bino devorlari yozda qurilganda odatda choklarga burtma shakl, qishda qurilganda esa botiq shakl beriladi.
G'ishtin devorlar choklarining qalinligi normalanadi: gorizontal choklar uchun 12 mm, vertikal choklar uchun 10 mm bo'ladi.
|