• bir xillash, tiplarga ajratish va standartlash
  • tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun
  • 8-rasm. Devorlar va kolonnalarni koordinata reja oqlariga boglash
  • Qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish, tiplarga ajratish hamda standartlash, qurilishdagi yagona modul sistemasi




    Download 1.07 Mb.
    bet3/17
    Sana31.12.2019
    Hajmi1.07 Mb.
    #7596
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    Qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish,
    tiplarga ajratish hamda standartlash,
    qurilishdagi yagona modul sistemasi

    Yig'ma temir-beton konstruksiya va detallar ko'plab ishlab chiqa­rila boshlagandan keyin qurilish korxonalarini tubdan o'zgartirish, qurilish muddatlarini qisqartirish, bino hamda inshootlarni zavodda tayyorlangan yirik yig'ma elementlardan qurish ishlarini ko'proq mexanizasiyalashtirish imkoniyati tug'ildi.

    Yig'ma elementlarni ishlab chiqarish ish vaqtida buyumlarning nomlari (turlari)ni cheklash (kamaytirish) texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhim.

    Bunga erishish uchun ularni bir xillash, tiplarga ajratish va standartlash talab qilinadi.



    Bir xillash (unifikasiya) deganda, yig'ma konstruksiya va detal­larning tur o'lchamlarini juda cheklash tushuniladi; bunda ularni tayyorlash texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezla­shadi. Qurilish konstruksiyalarini bir xillash binoning hajmiy planlashtirish parametrlari (qavatlarning balandligi, prolyotlar, qadamlar), o'lchamlarining turli-tuman­ligini kamaytirishga hamda konstruksiyaga ta'sir etadigan hisobiy nagruzkalarni unifikasiyalashga asoslangan.

    Bir shaklga keltirilgan (unifikasiyalangan) konstruksiyalar har xil maqsadlarga mo'ljallangan binolarga ishlatiladi. Bularning arxitektura, texnik va iqtisodiy talablarni to'la qondiradigan hamda qurilishda ko'p martalab foydalanishga yaraydiganlari tipaviy konstruksiyalar sifatida tasdiqlanadi.



    Tiplarga ajratish qurilishda ko'p martalab foydalanishga yaraydigan ayrim konstruksiyalarning iqtisodiy jihatdan eng samarali yechimini (variantini) topish va tanlashdan iborat. Shunday qilib, tiplarga ajratish qurilish konstruksiyalarining tip o'lchamlarini, binolarning tiplari sonini kamaytirish imkoniyatini tug'dirish bilan birga, qurilish ishlarini soddalashtiradi va arzonlashtiradi.

    Standartlash qurilish konstruksiyalari va buyumlarini bir xillash hamda tiplarga ajratishning eng so'nggi bosqichidir. Ishlatib sinab ko'rilgan va keng tarqalgan tipaviy konstruksiya hamda buyumlar standartlar (namunalar) sifatida tasdiqla­nadi. Standartlashtirilgan konstruksiyalarning o'lchamlari, shakli va sifati GOST tomonidan belgilanadi.

    Ko'plab quriladigan binolarga ishlatiladigan yig'ma buyumlarning tiplari sonini kamaytirish maqsadida detallarning yagona sortamentn (sifat va belgilari majmui) ishlab chiqilgan; loyihalash tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalari bu sortamentga amal qilishlari shart. Yagona sortamentni joriy etish buyumlarni ko'plab ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga, ularning sifatini oshirishga va tannarxini pasaytirishga yordam beradi.

    Binoning hajmiy-planlashtirish konstruktiv elementlari o'lchamlarini yig'ma konstruksiyalar o'lchamlari bilan bog'lash (asosiy modul bazasida) qoidalari majmui «Qurilishda o'lchamlarni yagona uyg'unlashtirish sistemasi» («Yedinaya koordinasionnaya sistema razmerov v stroitelstve») deb ataladi.

    Asosiy modul qilib 100 mm qabul qilingan. Binoning va yig'ma konstruksiyalarning o'lchamlari karrali 100 mm bilan belgilanadi. Konstruksiyaning uzunligi va enini belgilashda yiriklashtirilgan modullar (6000, 3000, 1500, 1200, 600, 300, 200 mm), konstruksiyaning o'lchamlari katta bo'lmaganda esa maydalangan karrali modullar (50, 20, 10 mm) qabul qilinadi.

    Qurilishda o'lchamlarni yagona uyg'unlashtirish sistemasi»da yig'ma konstruksiyalar orasidagi tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modul o'lchamlarining bir necha kategoriyasi ko'zda tutilgan:

    konstruksiyalarning nominal o'lchamlari binoning koordinata o'qlari oralig'ini belgilaydi yoki shartli o'lchamlari (tirkish va choklarning tegishli qismi hisobga olingan bo'ladi);

    konstruktiv o'lchamlar – yig'ma elementlarning loyihadagi o'lchamlarini ko'rsatadi – nominal o'lchamlardan tirqish va choklarning normalashtirnlgan kattaligicha (5, 10, 15, 20 mm) farq qiladi;

    haqiqiy o'lchamlar – tayyorlangan konstruksiyaning amaldagi o'lchami yoki qurilgan binoning reja o'qlari orasidagi haqiqiy masofalar. Bino konstruktiv elementlarining koordinata o'qlariga nisbatan (ular chizmada harflar yoki raqamlar bilan belgilanadi) joylanishi YeMS da bog'lash deb ataladi.

    Ko'tarib turuvchi devorli binolarda (8-rasm, a, b) koordinata o'qlari ichki devorlar markazi buylab, tashqi devorlarda esa devorning ichki kirrasidan 100 va 50 mm ga karrali masofadan utadi.

    Karkasli binolarda (8-rasm, v) kolonnalarning o'rta qatorlarida reja o'qlari kolonna markazi bo'yicha o'tadi. Chetki qatorlarda reja o'qlari yo kolonnalarning markazi bo'yicha (o'q bo'yicha bog'lash) yoki konstruktiv elementning qirrasi bo'ylab o'tadi (nul nuqtada bog'lash).

    Binolarning loyihasini tuzish va bino qurish vaqtida YeMS (Yagona modul sistemasi) qoidalari to'la bajarilishi shart, binolarni rekonstruksiya qilish yoki eksperimental qurilishlardagina bu qoidalardan bir oz chetga chiqishga yo'l qo'yiladi.




    a)


    8-rasm. Devorlar va kolonnalarni koordinata reja o'qlariga bog'lash:
    a - ko'tarib turuvchi devorlari bo'ylama turgan bino; b - ko'tarib turuvchi devorlari ko'ndalang bino; v - karkasli bino; 1 - 4, A, B, V binoning koordinata o'qlari


    b)

    v)



    Download 1.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish, tiplarga ajratish hamda standartlash, qurilishdagi yagona modul sistemasi

    Download 1.07 Mb.