• 1 a) b) 3-rasm. Shakldor gisht: a
  • 14-rasm. Beton toshlar va govak beton bloklar
  • Govak betondan tayyorlangan bloklar
  • 15-rasm. Silikat, gisht, silikat blok
  • ichki va tashqi sirtlari
  • 16-rasm. Yirik bloklarning asosiy turlari
  • 17-rasm. Yirik bloklarning maxsus turlari
  • -rasm. Koshinlash uchun ishlatiladigan sopol buyumlar




    Download 1.07 Mb.
    bet6/17
    Sana31.12.2019
    Hajmi1.07 Mb.
    #7596
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    12-rasm. Koshinlash uchun ishlatiladigan sopol buyumlar: appshirilganida och rang kasb etadigan sirti silliq g'isht; b – sirlangan shunday g'isht; v – devoriga suyab o'rnatiladigan koshin tosh; g-ye – binoning old plitkalari
    Pardozlash sopol bloklari (12-rasm, v) pishirilganidan keyin och rang kasb etadigan loydan 250x120x138 mm o'lchamda tayyorlanadi. Blok ochiq yoki berk kovakli bo'lishi mumkin, sirtining rangi va naqshlari xilma-xil. Mazkur bloklar 75, 100, 125, 150 markalarda ishlab chiqariladi va binolarning oldi (fasadi)ga qoplash maqsadida ishlatiladi.

    Binoning old tomoniga ishlatiladigan fasadbop sopol plitkalar (12-rasm, g-y)devorlar qurilgandan keyin ularning sirtiga qorishma yordamida yopishtiriladi.

    Plitkalarning sirti silliqlangan yoki sirlangan bo'ladi. Orqa tomonidagi kamgaklari qorishmaning yaxshiroq yopishishini ta'min­laydi.

    Plitkalarning qatorlab yopishtiriladigan (devorlar yuziga qop­lanadi), burchakbop (devorlarning burchaklariga, nishab yuzalarga, deraza va eshik o'rinlari hamda devorning bo'rtib chiqqan qismiga qoplanadi) va ravoqbop turlari (deraza va eshik ravoqlariga qoplanadi) bo'ladi.

    Plitkalarning quyidagi asosiy tip o'lchamlari standart qilib olingan (bo'yi, eni va qalinligi mm hisobida): 250x140x10; 250x65x10; 215x120x10; 140x120x10; 150x75x7; 143x68x7; 120x60x7; 65x60x7 va kvadrat shakldagi (68x68x7) koshinlar.

    Shakldor g'isht (13-rasm) – yon qirralari dumboq yoki botiq g'ishtlar binoning old tomonidagi tashqi devorlarida – fasadlarda quyosh nurida jilvalanib turadigan naqsh-bezaklar hosil qilishga mo'ljallangan.

    Qurilish maydonchasiga tashib keltirilgan sopol materiallarning tashqi ko'rinishi va o'lchamlari tekshiriladi.

    Sopol g'isht va buyumlar tuzilishi jihatdan bir jinsli: burchaklari o'chmagan, sinmagan va qirralari to'g'ri bo'lishi lozim. Bundan tashqari, koshinlash g'ishtining sirti toza bo'lishi talab qilinadi; «yaxshi pishmagan» va «kuyib ketgan» g'ishtlar brakka chiqariladi. G'ishtdagi ohak aralashmalar (pufakchalar) jiddiy nuqson hisoblanadi va g'ishtning yemirilishiga sabab bo'ladi.

    Sopol g'ishtlarning standartdan quyidagi chegarada chetga chiqishiga yo'l qo'yiladi: uzunligi bo'yicha ± 4 mm, eni bo'yicha ± 2 mm va qalinligi bo'yicha ± 2 mm. Uzunligi 185-200 mm bo'lgan sopol blokda ± 4 mm, uzunligi 120-190 mm bo'lgan blokda ± 3 mm va uzunligi 65-90 mm bo'lgan blokda ± 2 mm.






    a)

    b)


    1
    a)

    b)
    3-rasm. Shakldor g'isht:
    a toresi uchburchak shaklida; b – yon qirrasi botiq; v – toresi dumboq; g – yon qirrasi uchburchak shaklida dumboq; 9 – yon qirrasi chiqiq; ye – yon qirrasi botiq


    g)

    d)

    v)



    14-rasm. Beton toshlar va g'ovak beton bloklar: a – yaxlit blok;
    b – bo'ylama yarim blok; v – pardevorga ishlatiladigan blok; g – g'ovak betondan tayyorlangan asosiy blok; v – ko'ndalang bo'lingan shunday yarim blok

    Devorbop beton bloklar (14-rasm, a-b) – yaxlit yoki kovak qi­lib tayyorlanadi; kovaklar tirqishsimon va bir boshi ochiq bo'­ladi. Bunday bloklar poydevor, devor va pardevorlar qurishda ishlatiladi. Koshinlash uchun sirtqi yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo'ladi, 25-200 markali bloklar ishlab chiqa­riladi. Devor qurish ishlarini qo'lda bajarish mo'ljallangan hollarda bloklarning massasi 32 kg dan ortiq bo'lmasligi lozim.

    G'ovak betondan tayyorlangan bloklar (14-rasm, g, d) sirti silliq yoki naqshli bo'ladi. Ular asosiy blok va ko'ndalang yunalishda qoq o'rtadan bo'lingan yordamchi bloklarga ajratiladi, bu bloklar 25-150 markalarda ishlab chiqariladi va tashqi hamda ichki dovorlar qurishda ishlatiladi.

    Silikat g'ishtlar (15-rasm, a, b, v) – havoda qotadigan ohak (6-8%), kvars qumi (92-94%) va suvdan tayyorlanadi. Yaxshilab qorilgan ana shu qorishmadan press qoliplarda g'isht quyiladi; quritilgan xom g'ishtlar keyinchalik avtoklavlarga joylanib, ularga 0,8-1,2 MPa bosim va 175-190°S temperatura bilan ta'sir etiladi. Silikat g'ishtlar 75, 100, 125, 150, 200, 250, 300 markalarda ishlab chiqariladi; bunday g'isht yakka oddiy g'isht va qalinlashtirilgan g'ishtga ajratiladi; yakka, ya'ni oddiy g'isht yaxlit va yoki ichi kovak, kattaligi 250x120x65 mm, qalinlash­tirilgan g'ishtning ichi kovak (ochiq yoki bir boshi ochiq), kattaligi 250x120x88 mm, massasi 4 kg bo'ladi.

    G'ishtlar sirtining sifatiga qarab ichki qatorlarga ishlatiladigan oddiy g'ishtlar va snrtqi qatorlarga ishlatiladigan koshinlash g'ishtlariga ajratiladi.

    Koshinlash silikat g'ishtlarining sirti rangli yoki rangsiz, yo bo'lmasa yonma-yon joylashgan ikki yon qirrasi rangli qilib ishlab chiqariladi; markasi 125 dan kam bo'lmaydi. Bu g'ishtlar­ning oddiy qalinlikdagi va qalinlashtirilgan xillari mavjud.

    Silikat g'ishtlardan sopol g'ishtlar kabi foydalaniladi, lekin ular suv va olov ta'siriga chidamsiz, shuning uchun ularni binoning poydevori va sokoliga, shuningdek, dudburon va mo'rilarga ishlatish tavsiya etilmaydi.




    a)

    b)

    g)

    g)


    15-rasm. Silikat, g'isht, silikat blok: a – yaxlit g'isht; b – qalinlashtiril­gan yaxlit g'isht; v – kovaklarining ikki tomoni berk qalinlashtirilgan g'isht; g –kovaklarining bir tomoni berk blok
    Ichi kovak silikat bloklar (15-rasmga qarang) kattalign 250x120x138 mm bo'lib, 100, 125, 150, 200, 250 markalarda ishlab chiqariladi; ularning kovaklari dumaloq shakldagi bo'shliqlar ko'rinishidadir. Kovak silikat bloklar binoning tashqi va ichki devorlariga ishlatiladi.

    Yirik bloklar (16-rasm) – yengil yoki g'ovak betondan, g'isht­lardan yaxlit yoki ichi kovak qilib tayyorlanadi.

    Tashqi devorlarga ishlatiladigan bloklarning vaznini kamaytirish maqsadida ularning ichi silindrsimon yoki tirqishsimon bo'shliqli qilinadi. Ichki devorlarga ishlatiladigan bloklar ichidagi bo'shliqlar tik joylashgan va dumaloq shaklda bo'ladi va ventilyasiya yo'llari vazifasini o'taydi.



    Iirik g'ishtin bloklar yaxlit yoki ichi kovak g'ishtlardan kovaksiz qilib, shuningdek, yengil beton to'ldirgichlar qo'shilgan yengil vaznli qilib tayyorlanadi.

    Devorda zich vertikal choklar hosil qilish uchun bloklarning yon qirralariga uchburchaksimon yoki o'yiqlari bo'lgan to'rtburchaksimon ariqchalar qilinadi.

    Ikki qatorli devorlarga ishlatiladigan yirik bloklarning asosiy turlari:

    derazalar va eshiklar oraliridagi devorga ishlatiladigan, deraza tokchalariga ishlatiladigan, yaxlit (derazasiz, eshiksiz) devorlarga ishlatiladigan bloklar;

    ravoqlarga ishlatiladigan bloklar (ravoqlar tepasiga yotqiziladi, yuqorigi tomonida qavatlararo orayopma panellari tayanib turadigan o'yig'i bo'ladi);

    belbog' bloklari (qatorlardagi bloklar ustiga o'rnatiladi va o'yiqlari bo'lmaydi);

    vertikal va gorizontal bloklar (qalinligi 300 mm dan oshmaydi, chunki devorlarga yotqiziladi).

    Bloklarning maxsus turlari (17-rasm): burchakbop, burotbop, sokolbop bloklar va sanitariya texnika bloklari.

    Sanitariya-texnika bloklari ustma-ust o'rnatiladi yoki bir-biriga ulanadi, so'ngra ularga sanitariya asboblari biriktiriladi. Bu bloklarning kamchiligi shundan iboratki, ular ichiga joylangan trubalarni almashtirish juda qiyin. Shu jihatdan shvellersimon bloklar ancha qulay hisoblanadi, chunki ularning g'ishtlarni ichi kovak tik ustun shaklida terishga imkon beradigan tokchasi bo'ladi, sanitariya-texnika sistemalari montaj qilinib bo'lgach, mazkur tokcha olinadigan shchit bilan berkitib qo'yiladi.

    Hamma turdagi bloklarning ichki va tashqi sirtlari pardozlanadi.


    a)




    16-rasm. Yirik bloklarning asosiy turlari: a –tashqi devorlar uchun; b – ichki devorlar uchun; v – derazalar orasi uchun; 2 – ravoqbop blok; g – oddiy blok; 4 – belbog'bop blok; 5 – burchakbop blok; 6 – deraza tokchasi uchun; 1 – tik blok; 8 – gorizontal blok


    b)

    a)


    v)

    b)

    g)


    17-rasm. Yirik bloklarning maxsus turlari: a – burchakbop, b – bo'g'at­bop, v – sokolbop, g – sanitariya-texnika bloki



    Download 1.07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Koshinlash uchun ishlatiladigan sopol buyumlar

    Download 1.07 Mb.