24
Axborot texnikasi taqdim etilgan axborot uyumidan asosiy, muhim axborotni
tanlab olish, uni tanqidiy anglab etish, murakkab muammolarning echimini topish,
berilgan ma`lumotlardan foydali umumlashtirishlar qilish, o`rganilayotgan bilimlar
majmuini mantiqan tartibga keltirish imkonini beradi.
Barqaror
rivojlanish
ta`limi
jarayonida
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishning juda katta afzalliklari mavjud. So`nggi yillarda kompyuterlar
ta`lim, kognitiv psixologiya, sun`iy intellekt sohalarida ilmiy tadqiqotlarni
rag`batlantirdi. Ammo, elektron darsliklar va o`quv qo`llanmalari, masofadan
o`qitish uslublari keng tarqalib borayotganligiga qaramasdan, o`qituvchilarning
talabalar bilan bevosita muloqotiga to`liq almashtirmaslik va bu jarayonda
muayyan me`yorlarni saqlash zarur.
Ta`limni axborotlashtirish muammolari keng ijtimoiy ma`no kasb etib
bormoqda, ularga jamiyatni axborotlashtirishning muhim yo`nalishlaridan biri deb
qaralmoqda. Turli mamlakatlarning ta`limni axborotlashtirish dasturlari buning
dalilidir. Shunday ekan, Barqaror rivojlanish ta`limi jarayonini axborot bilan
boyitish davr talabi bo`lib, bu jarayonda texnologik vositalardan foydalanish
o`zining yuqori samarasini beradi.