Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha




Download 40,57 Kb.
bet2/6
Sana22.12.2023
Hajmi40,57 Kb.
#126401
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha 4-hozir.org

Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha

1960 yillarning oxirida Ted Nelson ismli olim gippermatn tushunchasini yaratdi. Bu konsepsiya butun olam to‘rining asosini tashkil etadi. Unda xujjatlar va sahifalar orasida bog‘lanishlar ko‘zda tutilganligini alohida ta‘kidlab o‘tish kerak Nelson axborotni o‘rganishning yangi usulini taklif qildi. U o‘quvchiga ma’lumotlarni kitobdagi kabi ketma-ket joylashgan tarzda emas, balki o‘quvchiga qulay bo‘lgan va zarurat tug‘ilganda turli joylarda joylashgan sahifalarga ham o‘ta olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tarzda tasvirlashni xoxlagan edi. Bu usulda kitobni boshidan oxirigacha o‘qish va axborotni ketma-ket o‘zlashtirish o‘rniga o‘quvchi o‘zi tushunmagan biror so‘zni ajratib olishi va bu so‘z haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.



Nelson o‘zi taklif etgan usulni quyidagicha tasavvur qilgan edi. Masalan, konstitutsiyani o‘qib turib saylov tizimi tushunchasiga duch keldingiz, shu erdan boshqa xujjatni ochib, saylov tizimi qanday ishlashi haqidagi batafsil ma’lumotlarni olasiz.U yerdan saylov tizimining tashkil etilgan paytidan hozirgi
kungacha bo‘lgan tarixi aks etgan xujjatga o‘tasiz. Bu xujjatdan sobiq prezidentlardan birining tarjimai holiga o‘tdingiz.. Bu esa hozirgi kunda internetda foydalaniladigan gippermatnning o‘zginasidir. Tim Berners-Li olimlar tarmoq orqali o‘z ilmiy ishlarini tarqatishlarining oson usulini yaratish haqida o‘ylaganda ham, balki shu narsalar uning hayolidan o‘tgandir. Uning maqsadi, olimlarning izlanishlari haqidagi xujjatlarning biridan ikkinchisiga o‘tish va ularning ishlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradigan tizimni yaratish edi. Shu tariqa gippermatn dunyoga keldi.

Gippermatn deganda tarmoq tashkil etuvchi hamda o‘zaro bir-biriga yo‘naltirilgan bog‘lanishlarni birlashtiruvchi axborot obyektlarining (bo‘limlarining) tizimini tushunadilar. Har bir obyekt ekranning axborot paneli bilan bog‘lab qo‘yiladi. Bog‘lanishlardan birini foydalanuvchi panelidan asosiy ravishda tanlashi mumkin. Obyektlar albatta matnlardan iborat bo‘lishi shart emas, ular grafik, musiqa, multiplikatsiya, audeo va videotexnika vositalarini ishlatgan bo‘lishi mumkin. Gippermatnlarga ishlov berish, odatdagidan sifati bilan farq qiluvchi, axborotni o‘zlashtirishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Gippermatn texnologiyasi qidiruv kalitining mosligi bo‘yicha axborotni qidirish o‘rniga bir axborot obyektidan boshqasiga o‘tish ular ma’nosining, semantikasining bog‘liqligini hisobga olish bilan bajarilishini nazarda tutadi. Gippermatn texnologiyasida formal xulosalar qoidasi bo‘yicha axborotlarga ishlov berish gippermatn bo‘yicha yurish yo‘lini yodda saqlashga mos keladi.


Gippermatn texnologiyasi odam o‘rniga axborotlarga ishlov berishga emas, odam bilan birga ishlov berishga qaratilgan. Undan foydalanishning qulayligi shundan iboratki, foydalanuvchining o‘zi materialni o‘rganishga yoki yaratishga bo‘lgan yondoshuvni o‘zining individual qobiliyatini bilimini, kvalifikatsiy a va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan xolda aniqlaydi. Gippermatn faqat axborotni emas, balki uni samarali qidiruv vositalarini ham o‘z ichiga oladi.
Gippermatnli xujjatlarning asosiy ajralib turadigan qismi, bu xujjatlarga qo‘yiladigan giperizohlardir. Giperizohlar “jonli” ravishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni oddiy matnlarga qo‘yilgan, masalan, qo‘yidagicha izoh ”qo‘shimcha ma’lumotni ikkinchi varaqdan olasiz” kabi izohda, siz uni ikkinchi varaqqa o‘tsangiz olasiz. Gippermatnlarda esa o‘sha izohlarning o‘zi ham harakatlanadi.

Download 40,57 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 40,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gippermatn va Multimedia haqida umumiy tushuncha

Download 40,57 Kb.