Gippermatn va multimedia vositalaridan foydalanib elektron o‘quv materiallar tayyorlash.
Elektron o‘quv adabiyotlarining elektron(multimediaviy) darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron ma’lumotnoma, elektron plakat, elektron lug‘at, elektron laboratoriya praktikumi, elektron masalalar to‘plami kabi turlari mavjud. Ushbu elektron o‘quv adabiyotlarining asosiy qismi zamonaviy elektron o‘quv-metodik materiallar majmui tarkibiga kiradi. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda elektron o‘quv-metodik materiallar majmui bilan ananaviy o‘quv metodik materiallar majmuidan birgalikda foydalanish maqsadga muvofiq. Elektron o‘quv-metodik materiallar majmui asosini elektron darslik tashkil etadi. Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv usulini qo‘llash, mustaqil ta’lim olish hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib o‘quv va ilmiy materiallar faqat matn shaklida.
o‘quv materiallar matn va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
multimedia (multimedia - ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman matn shaklda;
-taktik (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o‘quvchini «ekran olamida» stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Quyidagi kurs ishimda Microsoft Access haqida elektron dars tayyorladim.
Buning uchun Auto Play dasturidan foydalandim. Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko’plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to’plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun
Autoplay Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson
va qulay interfeysni taqdim etadi.
Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari talab
qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir
nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin .
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun
Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo’lib, ular tarkibiga
buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni
ta‟minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib
beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish
uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o’zi yaratadi.
Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish
uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi Autoplay
Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi.
Dastur foydalanuvchilarga obyektlarni o’zaro bog’lashni amalga oshirishga
yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java,
Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta
ishlash mumkin . Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar
daraxtini, ma‟lumotlar bazasini va shunga o’xshash obyektlarni nafaqat tez
yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi
oynalarni o’zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy
shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png
kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma‟lumotlarni CD
uchun tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi
Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini
ko’rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi
arxiv ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham kiritilgan.
Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obyektlari bilan
birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa,
matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta hajmdagi
lug„atlar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi
versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan :
1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol
taqdimotlar, multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni
yaratish;
2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya,
matn va boshqalarni biriktira olish xususiyati;
3. Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan
instrumentlar;
4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi;
5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati;
7. Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton obyektining
mavjudligi;
8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
9. Obyektlarni formatlash imkoniyati;
10. Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo.
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir nechta
buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi. AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bog’liq bir nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi.
-rasm
Bu muloqot oynasida quyidagi to‘rtta taklif ilgari surilgan
Bo‘ladi:
1) Create a new project (Yangfi loyiha yaratish);
2) Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish);
3) Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish);
4) Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish).
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda
taklif rus tilida, inglizcha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda taklif ingliz tilida
bo’ladi.
AutoPlay dasturi muhitida 6 ta instrumentlar panelidan foydalanib elektron
o‘quv qo‘llanma yaratishimiz mumkin bo‘lib, ular quyidagilardan iborat.
1. Standard.
2. Objects.
3. Advanged objects.
4. Common.
5. Project.
6. Align.
Auto play dasturida bizga nechta oyna kerak bo‘lsa shuncha page yaratib olamiz
nechta page bo‘lsa shuncha elektron darsimizga kerak bo’lgan varaqlar soni kelib chiqadi. Page yaratish quyidagi oynada ko‘rsatilgan.
Birinchi tayyorlagan page mizga quyidagicha rasmlarni tahrirlab tayyorladim
Ikkinchi page mizga esa quyidagi buttonlarni hosil qilamiz.
Tayyor tugmacha ustiga sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosishimiz kerak.Shundan keyin quyidagi ekran hosil bo‘ladi.
Ma’ruzalar degan tugmacha bosilsa beshinchi pagega o‘tadi.
Shunday qilib pagelarimiz bir-biriga bog‘lanadi ya’ni bu gipper murojaatdir.
Va shu tarzda davom qilaveramiz. Barcha oynalarni tuzib bo‘lganimizdan keyin
qilgan ishimizni F5 yoki tugmasini bosamiz. Elektron dars tayyorlash uchun faqatgina Auto play dasturidan emas balki rasmlarni tahrirlash uchun Adobe Photoshopdan,Testlar,Lug‘atlar,Ma’lumotlarni joylashtirish uchun Ispiring Suitedan,Microsoft Acess dasturidan video darslar tayyorlash uchun Camtasia Studio7 va Microsoft Access dasturini o‘rgatishda Ms Access dasturlaridan foydalandim.
|