• Telnet bilan ishlash
  • FTR bilan ishlash
  • Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari




    Download 143.5 Kb.
    bet21/29
    Sana06.04.2017
    Hajmi143.5 Kb.
    #3251
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
    RING bilan ishlash
    RING dasturi Internetda boshqa kompyuterlar bilan bog’lanish mumkinligini tekshirish uchun mo’ljallangan. U qisqacha xabar jo’natadi, unga boshqa kompyuter avtomatik ravishda javob beradi.

    Agar siz RING yordamida boshqa kompyuter bilan bog’lana olmasangiz, demak umuman buni amalga oshirolmaysiz. Ulanishni tekshirish uchun aloqa qilishni istagan nost-kompyuter nomini kiritish va Ring komandasini berish («sichqon» orqali Ring tugmachasini bosish) kifoya qiladi. Bunga javoban aloqa bog’lash mumkinligi xaqida axborot keladi.


    Telnet bilan ishlash
    Telnet bu terminalning emulyasiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish mumkin. Terminal emulyasiyasi - bu boshqa kompyuterga kirishni ta'minlovchi ish rejimi. Bu xolda boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo’lasiz. Ko’pchilik xollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimida terminal emulyasiyasi uchun mo’ljallangan vt100 terminal emulyasiyasidan foydalaniladi.

    Unix operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOS OT dagi kabi o’sha kataloglar tuzilmasiga asoslangan.

    Olisdan turib ishlash seansini boshlash uchun telnet (Unix) komandasini berish va siz ishlashni xoxlagan mashina nomini ko’rsatish lozim.

    Telnet host domain

    Masalan:

    telnet well.cf.ca.us

    Bu komandaga nisbatan olisdagi kompyuter sizning ro’yxatga olingan nomingizni (login) va parolni so’raydi. Chunki telnet aloqani o’rnatish uchun siz ushbu olislashgan kompyuterda ro’yxatga olingan bo’lishingiz kerak. Agar siz Telnet komanda qatorida turib, Telnetíèíã áàð÷à êîìàíäàëàðè xàšèäà ìà'lumot olishni istasangiz, klaviatura bilan so’rov (?) alomatini kiriting.

    Telnet dasturini kiritgan kompyuter lokal xisoblanadi. O’z o’rnida aloqa o’rnatadigan kompyuter - olislashgan kompyuter xisoblanadi.

    Telnetdan maqsadga muvofiq foydalaniladigan xolatlar:


    • Siz bir qator kompyuterlarda ro’yxatga olingansiz va ba’zi ishlarni bajarishingiz kerak (dasturni kiritish uchun sizning kompyuterlaringizda resurs yetishmaydi, nisbatan kuchli kompyuterga kirishga ruxsat olish kerak; boshqa kompyuterda saqlangan ma’lumotga ega fayl bor va ushbu ma'lumotlar bilan ishlash uchun dasturni kiritmoqchisiz);

    • siz Internet tizimining «mijoz-server» ilovasidan foydalanmoqchisiz, lekin sizning mashinangizga kerakli «mijoz-dastur» kiritilmagan;

    • boshqa kompyuterda joylashgan lokal dasturga kirishga ruxsat olishingiz shart.

    Lokal dasturning uchta turi mavjud:

    • Ma’lum mavzu bo’yicha faylga kirishni ta’minlovchi e’lonlar taxtasi (BBS - Bulletin Board Services);

    • ma'lumotlar bazasi;

    • menyu tizimi yordamida fayllarga qulay kirishni ta’minlovchi dasturlar.

    Telnet bazasida Hytelnet ishlab chiqilgan. Hytelnet telnet yordamida ochiqdan-ochiq ulanish imkonini beruvchi tizimlar va kutubxonalarning gipermatnli ro’yxatida qayd etish uchun kompyuterlar tanlash imkonini beradi. Hytelnetni ishga solish uchun hytelnet komandasi beriladi.

    Menyuda tanlash uchun yuqori (pastga) yuritish klavishlari va Enter klavishidan foydalaniladi. Foydalanuvchining Hytelnet ma'lumotlar bazasida saqlanadigan identifikatori va paroli dastur bilan avtomatik ravishda kiritiladi. Web Hytelnet taxminicha, httr://library.usask.ca/hytelnet manzilgoxi bo’yicha kiritish imkoni mavjud.
    FTR bilan ishlash

    FTR (file transfer rrotocol - fayllarni uzatish protokoli) - bu bir xost-kompyuterdan boshqasiga nusxa olish imkonini beruvchi FTR protokol va dasturning jamlamasi bo’lib, Internetning ilk xizmati turlaridan biri sanaladi.

    FTR imkoniyatlari:


    FTR serverlarda katta xajmdagi fayl arxivlari saqlanadi (matnli axborot, dasturlar, ma'lumotlar bazasi).

    Xozir Internetda FTR - serverining uch xil turi mavjud:



    • Internet-style (serverning barcha fayllariga kirish);

    • Listserver (cheklangan kirish);

    • FTRmail (elektron pochta orqali kirish).

    Ba'zi o’rinlarda ftr telnetga o’xshab ketadi. FTR ishlashi uchun olisdagi mashinaga kirishga ruxsat bo’lishi zarur (foydalanuvchining mantiqiy nomi va parolni bilish lozim). Ko’pgina uzellarda anonim FTR usuli qabul qilingan. Bunda mantiqiy nom sifatida anonymous, parol o’rnida esa sizning pochta manzilgoxingiz beriladi. Odatda siz anonymous sifatida ro’yxatga olingansiz, olislashgan tizim fayllarining cheklangan to’plamiga kirishga ruxsat beriladi.

    FTR yordamida fayllardan nusxa olish quyidagicha amalga oshiriladi:



    • FTR komandasi yordami bilan (agar UNIX OT interaktiv qobiqqa kirishga ruxsatingiz bo’lsa);

    • WinSock standarti FTR - dasturi yordamida (WS_FTR, Cute FTR dasturi);

    • Web - brauzer yordamida (Netscare Navigator, Internet Exrlorer).

    Ko’pgina Web - brauzerlar anonimi FTRni amalga oshirishi mumkin, lekin faqat fayllarni kompyuteringizga yozish uchun foydalaniladi.



    Download 143.5 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




    Download 143.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari

    Download 143.5 Kb.