Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari




Download 143.5 Kb.
bet22/29
Sana06.04.2017
Hajmi143.5 Kb.
#3251
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Freeware (bepul dasturiy ta'minot) - bu dasturiy ta'minot tarqatish va foydalanish uchun taqdim etiladi. Uning Sharewaredan farqi shundaki, Shareware bepul tarqatilishi mumkin, lekin bir qancha tanishuv davridan so’ng xaq to’lash lozim.
Archie bilan ishlash
Internet orqali kirish mumkin bo’lgan dasturlardan o’z kompyuteringizga nusxa ko’chirishingiz mumkin. Bunda kerakli dasturni qidirish lozim bo’ladi. Archie nomi bo’yicha FTR - serverda faylni qidiradi va qidirilayotgan faylni o’z ichiga olgan serverlar ro’yxatini chiqaradi. Shundan so’ng siz FTR yordamida kerakli faylni o’z kompyuteringizga yuborishingiz mumkin.

Archie doimo internetni skanerlaydi va uning ma’lumotlar bazasi to’xtovsiz yangilanadi. Agar siz faylning aniq nomini bilmasangiz Archie yordamida kalitli so’z bo’yicha faylni qidirishingiz mumkin. Archie ma’lumotlar bazasi ko’pgina universitetlar va tarmoq tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

Archie ma'lumotlar bazasiga kirishga ruxsatni quyidagi usulda olish mumkin:


  • Sizning xost-kompyuteringiz orqali kompyuteringizga o’rnatilgan archie mijoz dasturi yordamida;

  • elektron pochta orqali;

  • telnet orqali archie server bilan kompyuterga ulanish.

Kerakli faylni qidirish uchun FTR - search qidiruv tizimi xizmatidan foydalanish mumkin. Bu tizim barcha domenlar bo’ylab yoki siz buyurgan domen bo’ylab faylni tezkor usulda qidiradi, tashkil etish vaqti, mamlakatlar va boshqa belgilari bo’yicha tanlangan fayllarni xillarga ajratadi. Siz /httr://ftrsearch.ntnu.no/ manzilgoxi bo’yicha mazkur qidiruv bilan bog’lanishingiz mumkin.


FTR Search - FTR arxivida fayllarni qidiruvchi eng yaxshi mashina va u Tronxeym (Norvegiya)da joylashgan. FTR Search - ko’rsatilgan yoki barcha domenlar bo’yicha tezkor qidiruvni amalga oshiradi, yaratish vaqti natijalari, mamlakatlar va boshqa belgilar bo’yicha uni xillarga ajratadi. Ma'lumotlar bazasi 4,650 FTR sites, 5 mln. direktoriya va 65 milliondan ortiq 135 MV xajmdagi fayllar nomini o’z ichiga oladi, xar xaftada yangilanadi.



Download 143.5 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Download 143.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari

Download 143.5 Kb.