|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 14/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)quduq chuqurligi - bir necha metrdan bir necha kilometrga yetadi. Ayrim neft va gaz quduqlarining chuqurligi 6000 metr va undan ochishi mumkin.
Chuqurlik nasosi yordamida qazib olish - konlarni qazib olish vaqtida chuqur burg’ qudqg’idan neft va suvni mexanizasiyalashtirish yo’li bilan yer yuziga chiqarish jarayoni.
Chuqurlik nasosi qurilmalari - chuqur burg’ quduqlaridan yer osti suvlarini yer yuzasiga chiqarishga xizmat qiladi. U, suvning harorati 350C, minerallanishi 2000 mg/l, mexaniq aralashmalar miqdori 1000 mg/l bo’lganda qo’llaniladi.
Chuqurlik debitometri - burg’ qudug’i tubiga nisbatan har xil chuqurlikdagi suyuqlikning sarflanish miqdorini o’lchaydigan asbob. U har bir qatlamning ayrim qismidan chiqayotgan neft va suv debitini o’lchaydi.
Quvurlar birikmasi kallagi - -burg’ qudug’iga tushirilgan mustahkamlovchi quvurlar birikmasini bogʻ’lab (tutib) turishga va quvurlar oralig’i bo’shlig’ini germetiklashtirishga xizmat qiladi.
Tiralish gradienti-sizilish (fil’tratsiya) masofasining uzunlik birligiga nisbatan olingan bosimining pasayishi.
Harorat gradienti-yer po’stining chuqurligi bo’yicha har 33 metrda haroratning 10 ga oshishi.
Neft-suv yuzasining chegarasi-suv va neft namoyonlanishini bir-biridan ajratib turadigan yuza.
Granulometr -sochiluvchi materiallarning granulometrik tarkibini o’lchovchi avtomatik yoki avtomatlashtirilgan moslama.
GrifАn-neft, gaz va suvlarning yer ostidan yer yuzasiga naysimon buloqchalarga o’hshab chiqishi. Ular asosan burg’ qudug’i atrofida paydo bo’ladi.
Suyuqlik ichidagi bosim-suyuqlikning ayni bir sathda hamma yo’nalishlar bo’yicha bir xil koʻch bilan ta’siri. Chuqurlik ortgan sari suyuqlikning quduq devoriga ta’sir etuvchi bosimi oshib boradi.
G’ovaklardagi suv bosimi-chaqiq jinsdagi g’ovaklarni to’ldirib turadigan suvning gidrostatik bosimi.
Gaz bosimi-gaz molekulalarining issiqlik ta’siridan kengayishidan hosil bo’lgan bosim. Bu bosim kg/sm2 birlikda yoki atmosferada hisoblanadi (1 atm. qiymati 1,03 kg/sm2 teng)
|
| |