• Bosim gradienti
  • Bitumli ohaktoshlar
  • Qatlamning anomal past bosimi
  • Glossariy halokat avariya




    Download 65,54 Kb.
    bet2/31
    Sana30.05.2024
    Hajmi65,54 Kb.
    #257232
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    sillabus (1)

    Aylantiruvchi moment-burg’ilash jarayonida aylantiruvchi moment sarflangan quvvatning jami bilan aniqlanadi.
    Afonitli ohaktoshlar -tarkibidagi asosiy komponentlarni ko’z bilan aniqlash ancha murakkab bo’lgan bir hil tarkibli, mayda zarrachali zichlangan o’q oqimtir ohaktoshlar.
    bosimli suv sistemasi -yer osti suvlarining hozirda vaqtdagi ta’minlanish, bosim paydo bo’lishi va oqib sarflanish joylarini o’z ichiga oladi.
    Bentonitli gil - montmorillonit va beydelitdan iborat gil. Ba’zan «tosh sovun» ham deyiladi. Bentonitli gil nordon va o’rta asosli vulkan ko’llari va tuflarning nurashidan paydo bo’ladi. Bentonitli gillar suv shimish, ko’pchish va qayishqoqlik xususiyatlariga ega. Unda gidroslyuda, kaolin, sepiolit, poligorskit, kristobalit, seolit va boshqa minerallar uchraydi. U tabiatda bo’z, sariq va qumush rangda bo’ladi. Bentonitli gillar sanoatda vino, moy va neft mahsulotlarini tozalashda va burg’ilash ishlari uchun qimmatli hom ashyodir.
    Bosim gradienti -masofaning uzunlik birligiga (m, km) nisbatan olingan bosimining pasayishi.
    Buferli bosim-burg’ qudug’idan neft va gaz yoki suv otilib chiqayotganda uning yer yuzasi bilan kesishgan nuqtasidagi dinamik bosim.
    Bosim depressiyasi-quduq devoridagi kuzatilayotgan nuqta uchun dinamik qatlam bosimining boshlang’ich qatlam bosimiga nisbatan pasayishi yoki qazib olinayotgan quduqlar uchun dinamik qatlam bosimi va mazkur quduq tubidagi bosim o’rtasidagi farq.
    Bitumli ohaktoshlar-cho’kindi jins. Tarkibiga bitum qo’shilgan qora rangli ohaktosh.
    Bosim - muayyan sathdan suv ustuni balandligi bilan ifodalanuvchi bosimi.
    Birlamchi neft - dastlab hosil bo’lgan joyida saqlanib qolgan neft.
    Qatlamning anomal yuqori bosimi-qatlam ichidagi neft va gaz uyumi bosimining o’lchanayotgan qatlamning gipsometrik belgi (nishon) nuqtasidagi gidrostatik bosimdan yuqori bo’lishi.
    Qatlamning anomal past bosimi- -qatlam ichidagi neft va gaz uyumi bosimning o’lchanayotgan qatlamning gipsometrik belgi (nishon) nuqtasidagi gidrostatik bosimdan past bo’lishi.

    Download 65,54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 65,54 Kb.