|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 3/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Gidrodinamik anomaliya-ma’lum bir joy yer osti suvlari gidrodinamik ko’rsatkichlari (harakat tezligi, qatlam bosimi) ning shu joyning fon ko’rsatkichlardan yuqoriroq bo’lishi.
Favvora armatura-favvoralanayotgan qudug’i og’ziga joylashtirilgan, yuqori bosimda germatik holatni, liftli quvur birikmasi ilmog’ini, mahsulot oqimini o’tkazgich quvurlarga yetqazib berishni, qatlamlarning bir, me’yorda ishlashini ta’minlaydigan moslama. Favvoral armatura moslamasi yuqori bosimga chidamli qilib yasaladi. Shuning uchun bu moslama liftli quvurlardagi va quduqdan chiqayotgan mahsulotlardagi bosimlarni olchash va quduqni o’zlashtirish jarayonida gazlarni chiqarish yoki yopishga imkon beradi. Boʻlar yordamida favvora quduqlar nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytda esa favvora berkitiladi.
Langar-qo’zg’almas o’q atrofida tebranma harakat qiladigan bir yoki ikki yelkali richag; nasoslar, burg’ilash dastgohlari uchun xizmat qiladi.
Chig,ir barabani-chig’irning asosiy qismi hisoblanib, chig’ir bilan birga ishlaydi.
quvurlar birikmasini Mustahkamlovchi boshmoQ-burg’ilash qudug’i devorlarini mustahkamlaydigan quvurlarning quyi qismiga o’rnatiladigan qalin devorli katta quvur. U o’zining og’irlikka chidamliligi bilan farqlanadi.
Talli blok-yuk ko’taradigan g’altakli sistema. Talli blokning yuk ko’tarish imkoniyati chuqur quduq qazilganda 300-400 t, kolonkali burg’ilash uchun 10, 12, 20,25 va 35 t. teng.
Vanna-burg’ quduqlarini kovlash jarayonida quduq devorlaridagi togʻ’ jinslarining o’pirilishi natijasida qisilib qolgan burg’ilash quvurlarini chiqarib olishga mo’ljallangan. Bunda burg’ qudug’ining quvurlar qisilib qolgan oralig’iga neft, suv, kislota haydalib vanna tashqil qilinadi.
quduqlarni ishga tushirish-burg’ilash ishlari tamomlangan, geologik-texnik naryadi va geologik kesimi tuzilgan, maxsus komissiya tamonidan qabul qilingan, togʻ’-nazorat idorasining yozma ruxsati bo’lgan quduqlarni ishga tushirishga ruxsat etish jarayoni.
|
| |