|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 4/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)ventil’ (Jo’mrak-quvurlarning ma’lum qismlarini qo’shib-ajratib turadigan, shuningdek quvurlardagi harakatlanuvchi suyuqlikni, gaz berish miqdorini rostlaydigan berkitish-ochish moslamasi.
vertikal qalinlik -qatlamning tik chiziq bo’yicha o’lchanadigan, shipi bilan tagi orasidagi masofa.
vertikal masshtab -topografik profillarda yoki yer po’stining vertikal kesimlarida nuqtaning mutlaq balandligini ifodalovchi masshtab. Odatda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan 10, ayrim hollarda 20-30 marta kattaroq bo’ladi.
Vertlyug-quduq tubini yuvib qudug’ini kavlashda aylanmaydigan tal sistemasining vertikal o’qi atrofi bilan quduq tubidagi burg’iga burg’ilash snaryadidan tushayotgan og’irlikni ushlab turadigan va burg’ilash quvuri orqali gilli eritmani quduqqa uzluksiz haydab beradigan asbob.
Organiq moddalar-cho’kindilar tarkibiga o’simlik va hayvonot organizmlari shaklida kiruvchi organiq birikmalar.
quduqlarning o’zaro ta’siri-bir quduqdan suyuqlikni tortib olganda uning ikkinchi quduqga ko’rsatadigan ta’siri.
quduqlaridan namuna olish-kolonkaliusulda burg’lash jarayonida qudug’lardan silindr shaklidagi togʻ’ jinsi va ma’danlarning namunasini olish. Bu namunalar yordamida togʻ’ jinsi va ma’danlarning tarkibi fizik-kimyoviy xossalari, yotish elementlari aniqlanadi, kernni o’rganish natijalari bo’yicha bir necha burg’ quduqlarning geologik kesimlari taqqoslanadi.
Tebratkich-mexaniq tebranish hosil qiladigan moslama.
Tebranishni o’chirgich-burg’ilash jarayonida quvurlar ichidagi suyuqliklarning impul’s bosimini va burg’ilash quvurlar birikmasining mexaniq tebranish koʻchini va amplitudasini pasaytirishga mo’ljallangan qurilma.
quduqqa tebranma ishlov berish-gidravlik vibratorlar yordamida qazib oluvchi va haydovchi quduqlar tubi oldi doira (zona)sidagi togʻ’ jinslarining o’tkazuvchanligini oshirish uchun foydalaniladigan usul.
Vintli nasos-ishchi organlari (vintlar) aylanma harakatlanuvchi nasos. Vintli nasos korpusida bitta yetakchi va bir, ikki yoki to’rttagacha yetaklanuvchi (zichlovchi) vintlar bo’ladi. Vintli nasoslarda vint bilan korpus devori o’rtasidagi oraliq juda kichik bo’lib, vintlar aylanganda suyuqlik hajmlari bir-biriga tutashadi va vint o’qi bo’ylab so’rish kamerasiga bir teksda uzluksiz uzatiladi. Vintli nasos qaytar, ya’ni gidrodvigatel’ sifatida ham foydalaniladi.
|
| |