|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 6/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)suv-neft kontakti -neftli qatlamlardagi neft va suvni ajratuvchi yuza. Bu yuza hech qachon tekis holda uchramaydi. Bu esa neft kollektorlarining bir jinsli emasligi, neft konlarining shakllanish sharoitlari yoki neft konlari mavjud bosim ta’siridagi suv sistemasida regional harakatdagi suvlar borligi bilan bogʻ’liq bo’lishi mumkin. Neftni qazib olish jarayonida suv-neft yuzasining ko’chishi namoyon bo’ladi. Uni mukammal o’rganish uchun suv-neft yuzasi haritasi tuziladi.
suvli jinslar -kovaklari, teshiklari, g’ovaklari, darzliklari va boshqa bo’shliqlari gravitatsion suvga to’lgan suvli qatlam.
suvli gorizont -litologik, fatsial-litologik tarkibi va gidrogeologik xossalari bo’yicha o’ziga suv singdiraoladigan, suvga to’yingan togʻ’ jinsi qatlami yoki formatsiyasi.
Suvli qatlam -tarkibida azot suv saqlovchi, ozmi-ko’pmi o’zidan suv o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan bir xil litologik tarkibli togʻ’ jinsi qatlami.
suv ajratgich -suv qazib olinayotgan burg’ qudug’idan kelayotgan suv-neft aralashmasidan suvni ajratib olishga mo’ljallangan moslama.
suv singan jinslar -maxsus teksturali, suv singdirish qobilyati bo’lgan va odatdagi havo bosimida yer osti va usti suvlarini o’zining har xil bo’shliqlari (g’ovak, teshik, kovak) dan o’tkazadigan shag’al, graviy, qum kabi jinslar.
Vodorod ko’rsatkichi (PH) -eritmalarda vodorod ionlari to’planishini yoki faolligini ko’rsatuvchi birlik. Son jihatdan to’planishning 1-l eritmaga nisbatan gramm-ionlarda ifodalangan manfiy o’nli logarifmiga teng. РНқlg[Hқ], bunda [Hқ]-vodorod ionlari to’planishi PH tushunchasi [Hқ] ni aniqlanish bilan bogʻ’liq hisoblashlarni osonlashtirish uchun qabul qilingan.
qatlamga ta’sir etish -qatlamga kislota bilan ishlov berish, bosimni keskin o’zgartirish, qatlamda gidravlik uzilishni tashqil etish, erituvchi moddalar bilan ishlov berish, termokimyoviy yo’llar bilan ta’sir etishga asoslangan.
Qatlam bosimini tiklash -burg’ilash jarayonida qatlam bosimini tiklash burg’ilash eritmalariga ma’lum miqdorda har xil og’irlashtirgich (barit, gematit) larni qo’shib amalga oshirishga asoslangan.
|
| |