|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 9/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Gazlashgan suyuqlik -burg’ quduqlarini kovlash jarayonida yuvish eritmalarining o’z-o’zidan gazga to’yinibm, solishtirma og’irligi va mexaniq xossalarining o’zgarib turishi. Bu esa haydash nasoslarining ishlash jarayonlariga salbiy ta’sir qiladi va uning ish unumdorligini kamaytiradi. Eritmalarning gaz bilan to’yinishini kamaytirish uchun gaz bilan to’yingan qatlamlarni burg’ilashda past qovushqoqlikli eritmalaridan foydalaniladi.
Gaz qalpog’i -neftli qatlamning bir muncha ko’tarilib qolgan joyida neft tarkibidagi gazning yig’ilishi.
Gaz-suv kontakti-gaz uyumlarida gaz bilan suvning ajralish chegarasi. U gorizontal yoki qiya bo’lishi mumkin.
Gaz omili- tabiiy gazning 1 t yoki 1 m3 neftga to’g’ri keladigan miqdori (m3 da). Katta gaz omili 1000-2000 m3/t (1 t neftga 1000-2000 m3 gaz to’g’ri keladi) va undan ham katta sonlar bilan harakterlanadi. Ko’pchilik vaqtlarda gaz omili 100-200 m3/t kattalikka ega. Konlarda gaz miqdori juda kam bo’lgan gaz omili gaz miqdorining suv miqdoriga bo’lgan nisbatiga teng.
Gaz favvorasi- burg’ quduqlaridan yoki gazga boy jins yoriqlaridan gazning baland bosim ostida burqirab chiqishi. Gaz favvorasidan gaz bilan birga suv, loy va togʻ’ jinslarining mayda bo’laklari ham otilib chiqishi mumkin.
Gaz kondensati - yer ostida gazsimon holatda bo’lgan, sovutganda va bosimni atmosfera bosimgacha pasaytirganda esa suyuq (kondensat) va gaz holatga ajraladigan, oson qaynaydigan neft uglevodorodlarining tabiiy aralashmasi. Gaz kondensati qatlamlari yuqori sifatli suyuq yonilg’i konlarining muhim sanoat turi hisoblanadi.
Neft-gaz uyumi - yer po’stida gaz va neftning kamdan-kam, birga to’planishi. Unda erkin gaz neft bilan chegaralanib tuzoqning butun yuqori qismiga, neft esa tuzoqning pastki qismiga joylashadi.
Gaz-neft kontakti - gaz va neft konlarini bir-biridan ajratib turadigan yuza.
Gaz-neft separatori- neft va yo’-yo’lakay gaz zichliklari farqi hisobiga ularni ajratadigan asbob. Ish tartibiga qarab gaz-neft separator gravitatsion, markazdan qochma va murakkab; shakliga qarab sferik va silindrik (tik, qiya va gorizontal); ish bosimiga qarab vakuumli, past, o’rtacha va yuqori bosimli xillariga bo’linadi.
Gazlift - siqiq havo yoki tabiiy gaz yordamida suyuqlikni quduqdan ko’taradigan qurilma. U burg’ quduqlaridan suv yoki neftni ko’tarishda, kimyoviy ishlab chiqarishda turli eritma va suyuqliklarni yuqoriga ko’tarishda qo’llaniladi.
Gazoil’ - 200-4000 С haroratlar oraligida qaynaydigan neft fraktsiyalari. U kerosin bilan surkov moy fraktsiyalari orasidagi oraliq vaziyatni egallaydi. U asosan, dizel’ yoqilg’isi sifatida foydalaniladi.
|
| |