|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 10/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Gaz o’tkazuvchanlik -har xil togʻ’ jinslarining gaz o’tkazish qobilyati. Suvdan, neftdan bo’sh g’ovak, kovak, teshik va yoriqlardan gazning tarqalishi har xil bosimlar bilan belgilanadi. Gaz o’tkazuvchanlik darsi birliklarida ifodalanadi. Qum va qumtoshlarning gaz o’tkazuvchanligi 2-3 darsi, ko’pincha bir necha o’nlab millidarsini tashqil etadi. Lekin ko’p o’tkazuvchan jinslarda gaz o’tkazuvchanlik 10-3 dan 10-6 gacha darsini tashqil qiladi.
Geologiya -yerning tarkibini, ichki va tashqi tuzilishini, tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini, tektonik harakatlarini, cho’kindi, metamorfik va magmatik jinslar bilan bogʻ’liq bo’lgan ma’dan konlarini, neft-gaz va yer osti suvlarining paydo bo’lishini, shuningdek yer po’stida sodir bo’ladigan har xil geologik jarayonlarni o’rganadigan fan. Bu fan bir-biriga bogʻ’liq bir necha sohalarni o’z ichiga oladi.
Dinamik geologiya - yer po’sti va ust qismida bo’ladigan geologik jarayonlarning kelib chiqishini o’rganadigan fan. Boʻlarga vulkan faoliyati, togʻ’ paydo bo’lishi, suv va havoning yer yuziga ta’siri va boshqalar kiradi.
Geologik - tarkibi va yoshi turlicha cho’kindi, magmatik va vulkaniq jinslar, uzilmalar va burmalarning yotishi shakllarini vertikal (tik) tekislikka tushirilgan tasviri. Geologik kesim togʻ’ jinsi va strukturalarning yo’nalishiga ko’ndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak asosida tuziladi. Geologik kesim geologik haritalarni oydinlashtiradi va to’ldiradi. Geologik kesim tuzishda geologik harita tuzish, burg’ilash va geofizika ishlarining natijasidan foydalaniladi. Geologik kesim regional (1:1000000) mufassal (1:1000-1:50) masshtabda bo’ladi. Geologik kesimning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil qilib olinadi. Ayrim hollarda vertikal masshtab gorizontal masshtabga nisbatan 20-50 va xatto 200 baravar katta olinishi mumkin.
Neft va gaz geologiyasi - yer qobig’ida neft va gaz to’planishi va ularning hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Shuningdek neft va gaz konlari uyumlarini qidirish, ishlab chiqarishga topshirish, ularning yer yuzidagi va havzalaridagi zahira miqdorlarini aniqlash, qazib chiqarishga tayyorlash sharoitlarini o’rganadi.
|
| |