|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 12/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Gidrogeologik quduq - togʻ’ jinsi turlarining sizilishi (fil’tratsion) xossalarini, yer osti suvlarining rejimini, geofizik hodisalarni o’rganishga mo’ljallangan quduq. Odatda mukammal va nomukammal gidrogeologik quduqlar mavjud. Mukammal gidrogeologik quduqlarda suvli qatlamlar qalinligi to’liq kovlangan nomukammal quduqlarda esa quduq tubi suvli qatlam tagiga yetmagan bo’ladi. Gidrogeologik quduqning chuqurligi bir necha metrdan 1000 metrgacha yetishi mumkin. Gidrogeologik quduq tuzilishi quduqning kovlanish maqsadiga, chuqurligiga, geologik tuzilishiga, gidrogeologik sharoitlariga, burg’ilash usuliga va uskunalariga bogʻ’liq.
Neft gidrogeologiyasi - yer osti suvlarning paydo bo’lishini, fizk-kimyoviy xossalarini, yotish sharoitlarini, harakatlanish qonuniyatlarini o’rganadigan umumiy gidrogeologiya fanining amaliy yo’nalishi. Neftning paydo bo’lishida, sizilib yer yuziga chiqishida, neft uyumlarining hosil bo’lishida, ularning parchalanishida, neftning hamma rivojlanish tarixida yer osti suvlari neft uchun faqat muhit bo’lib qolmasidan neftning geokimyoviy evolyutsyasida asosiy omil hisoblanadi.
Gidrodinamika - gidromexaniqaning siqilmaydigan suyuqliklar harakatini va ularning qattiq jismlar bilan o’zaro ta’sirini o’rganadigan bo’limi. Gaz harakati tezligi tovushining shu gazdagi tezligidan ancha kichik bo’lganda gidrodinamika metodlari gazlar harakatiga ham tadbiq qilinadi. Gidrodinamika nazariy va eksperimental xillarga bo’linadi. Gidrodinamika suyuqlik xossalari, oqim tezligi, bosimi, suyuqliklarning har xil nuqtadagi ta’sir koʻchi aniqlanadi; bu esa suyuqlikning qattiq jismlar bilan o’zaro ta’sirini o’rganishga imkon beradi.
Gidrodinamik bosim - oqar suyuqliklarning jins zarrachalariga ta’siri bo’lgan bosimi. U son jihatdan bosim gradientiga teng. Gidrodinamik bosim gradienti bilan keskin (kritik) qiymatga teng bo’lganda jinslarni yumshatib umumiy siljishga olib kelishi mumkin.
Gidrodinamik qarshilik - suyuqlikning jism harakatiga yoki quvur devorining oqayotgan suyuqlikka qarshiligi. Jism harakatlanmay turganda, suyuqlik (gaz) oqsa yoki jism harakatsiz muhit (suyuqlik yoki gaz) da harakatlansa gidrodinamik qarshilik jismga ta’sir qilayotgan barcha koʻchlar bosh vektori proektsiyasiga teng bo’ladi. Gidrodinamik qarshilik texnik qurilmalarda hisobga olinadi.
|
| |