|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 20/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Kompressor stantsiyasi -qisilgan havolarni o’ziga olish va u bilan har xil pnevmatik asboblarni ta’minlashga mo’ljallangan stantsiya.
Kompensator -burg’ilash nasosining yuvish eritmasini bir tekisda bermasligi natijasida sodir bo’ladigan bosim o’zgarishlarini pasaytirishga mo’ljallangan qurilma.
Geologik kompleks-cho’kindi hosil bo’lishidan boshlab, burmalanish va granitoidlarning cho’kindi jinslarini yorib kirishi bilan yakunlanuvchi davr davomida hosil bo’lgan togʻ’ jinslari to’plami.
Konduktor-burg’ilayotgan quduqlarga qo’yiladigan quvurlar. Ular quduqning to’g’ri yo’nalishi va yuqori qismi qatlamlaridagi jinslarning mustahkamligini taminlaydi va suvdan muhofaza qilish uchun xizmat qiladi.
Quduqning tuzilishi-burg’ quduqlarining tuzilishini (chuqurligi bo’yicha burg’ diametrining o’zgarishi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi diametri va tushirish chuqurligi, tompanajlash joyi va usuli) tasvirlashga asoslangan. Burg’ quduq tuzilishini tanlashning dastlabki materiallariga geologik kesimdagi togʻ’ jinslarning fizik-mexaniq xosslari asos qilib olinadi.
Nazorat qudug’i-yer osti suvlarining yuzasini, qatlamlarning bosimini, haroratini, neft va gazga to’yinganligini, neft gaz va suv kontaktlari holatini o’rganishga, namunalar olishga va har xil tajribalar o’tkazishga mo’ljallangan burg’ qudug’i. Bundan tashqari neft uyumlarini qazib olish va boshqarish jarayonlarini nazorat qiladi. Nazorat qudug’i nazorat o’lchagich asboblari yoki o’lchagich moslamalari bilan ta’minlanadi.
Gazlilik chegarasi-qatlamda tarqalgan erkin gazning gaz qalpog’i ko’rinishidagi yopiq chegarasi. Yopiq chegara orqasi tagida qatlam yotishi bo’yicha neft yoki gaz joylashgan bo’ladi.
Neftlanish chegarasi-neft uyumi tarqalishining yopiq chegarasi. Yopiq chegara orqasi tagida qatlam yotishi bo’yicha suv yotadi.
Eritmaning to’planishi- (quyuqlanishi) eritmadagi moddalarning miqdori asosan ularning zichligi, modda og’irligining eritma og’irligiga nisbati, modda og’irligining eritma hajm birligiga nisbati, moddaning gramm-molekulalar yoki gramm-ekvivalentlar sonining hajm birligiga nisbati bo’yicha aniqlanadi.
|
| |