|
Neft qatlamiga suv haydash
|
bet | 23/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Neft qatlamiga suv haydash -neft qatlamlariga maxsus burg’ilash quduqlari yordamida suv haydab neftli qatlamlardan neft olish miqdorini oshirish jarayoni. Qatlam bosimini bir xil saqlab turish uchun sun’iy ravishda suv xaydash (chegara toshiga suv xaydash chegara bo’ylab suv xaydash chegara ichra suv xaydash) metodlardan foydalaniladi.
quduqlarni toʻgʻallash-neft va gaz qatlamini burg’ilash, quduq ichini o’rovchi quvurlarini sement bilan mustahkamlash, qatlam unumdorligini aniqlash bilan bogʻ’liq bo’lgan ishlarni bajarish jarayoni.
Darsi qonuni-g’ovaksimon muhitda suyuqlik sizilish tezligining bosim gradientiga chiziqli bogʻ’liqligini ifodalovchi qonuni: V=ki, bunda: V-sizilish tez ligi, k-sizilish koeffi- tsienti; i-bosim gradienti.
quduqlarini berkitish-ma’lum sabablarga ko’ra yoki loyihada ko’rsatilgan chuqurlik kovlanib, asosiy geologik maqsadlar amalga oshgandan keyin burg’ qudug’ining berkitilish jarayoni.
Neft uyumi-o’zidan suv, neft va gaz o’tkazmaydigan togʻ’ jinslarining tabiiy to’siqlaridagi sanoatga yaroqli neft uyumi. Neft va suvni ajratib turadigan yuza neft uyumining ostki yuzasi yoki suv va neftni ajratuvchi chegara hisoblanadi. Suvdan neftni ajratuvchi yuzaning qatlam tepasi (shipi) bilan kesishgan chizig’i «neft uyumining tashqi chegarasi» deb yuritiladi. Suvdan neftni ajratib turuvchi yuzaning qatlam osti bilan kesishgan nuqtasi neft uyumining ichki chegarasidir. Uglevodorodlarning tarkibiga qarab bu uyumlar neftli, gaz-neftli, gazli, gazkondensatli neft uyumlariga ajratiladi.
Massiv (yaxlit) neft uyumlari- tepasi suyuqlik o’tkazmaydigan qatlam bilan qoplangan va neftni yaxshi o’tkazadigan bir tarkibli va har xil tarkibli togʻ’ jinslarida hosil bo’lgan qopqon (lovushka) dagi neft uyumi.
Neft debitini o’lchash-bitta yoki bir guruh quduqning neft debitini muntazam ravishda o’lchash. Bu ish maxsus mexaniq o’lchagich (schetchik)yordamida amalga oshiriladi. Bunday o’lchash yo’li bilan quduqning bir soatlik, bir sutkalik, bir oylik neft debiti (miqdori) hisoblab chiqiladi.
Zahira -burg’ilash, togʻ’ lahimlarini o’tish, qazib olish, geologik, geofizik, topografik ishlariga sarflangan harajatlarni qoplab, halq xo’jaligini uzoq muddatlarga mo’ljallangan talabini ta’minlaydigan neft, gaz va qattiq foydali qazilmalarning hisoblangan miqdori. Odatda, zahiralarning balansli, isbotlash, baholash, bashoratlash, chiqarib olish va boshqa turlari mavjud.
|
| |