|
Neft va gazning ko’chishi
|
bet | 26/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Neft va gazning ko’chishi -yer po’stidagi tabiiy koʻchlar ta’sirida neft va gazning ko’chish joyini o’zgartirishi. Bu jarayon mineral muhit vva flyuidlarning o’zaro fizik-kimyoviy ta’sirida sodir bo’ladi. Neft va gazni ko’chishi ikki bosqichda sodir bo’ladi: birlamchi ko’chish-neft saqlovchi jinslarda, ikkilamchi ko’chish jinslardan tashqarida yuzaga kelib, uyumlarning paydo bo’lishga sabab bo’ladi.
Favvora quvvati-bir kecha-kunduzgi debiti bo’yicha gaz va neft favvoralari to’rtta toifaga bo’linadi: Kichik (gaz< 0,5 mln m3, neft <100 m3); o’rtacha (gaz 0,5-1 mln m3, neft 100-300 m3); koʻchli (gaz 1-10 mln m3, neft 300-1000 m3); juda koʻchli (gaz > 10 mln m3, neft >1000 m3).
mufta-qulfli ulash-burg’ilash quvurlar birikmasining mustahkamligini oshirishga va burg’ilash eritmasini chiqarishda bosimning kam yo’qolishini ta’minlashga mo’ljallangan.
Kuzatish qudug’i-yer osti suv yuzasi sathini va rejimini, harakatini, kimyoviy tarkibini, bosimini, namuna olishni, suv chiqarishni, suvli qatlamlarning o’zaro boqliqligini kuzatishga mo’ljallangan quduq.
Koʻch (yuk) -jismlarning mexaniq ta’sirlanishini ifodalaydigan kattalik. Koʻch ta’sirida jismlar o’z holatini o’zgartiradi, tezligini o’zgartirib, tezlanish oladi. Koʻch vektor kattalik, o’zining quyilish nuqtasi, yo’nalishi va son qiymati bilan harakterlanadi. U mexaniq koʻch, og’irlik koʻchi, ishqalanish koʻchi va elastik koʻchlarga bo’linadi. Shuningdek yukning mo’’tadil, umumiy, foydali, ishchi xillari mavjud.
Nasos - suyuqliklarni bosim ostida so’rish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik mashina, apparat yoki asbob). Gazlarni siqish yoki siyraklashtirish, sochiluvchan jismlarni so’rish va haydashga mo’ljallangan mashina ham nasos deb ataladi. Nasoslar ish bosimiga qarab: past bosimli (20 m gacha), o’rta bosimli (20-60 m), yuqori bosimli (60 m dan yuqori) bo’ladi. Nasosning asosiy parametri ma’lum vaqt birligi ichida haydaladigan suyuqlik miqdori bilan aniqlanadi. Nasosning tebranma, bir, ikki va uch tsilindrli, gorizontal qo’shplunjerli, markazdan qochirma, yer yuziga o’rnatilgan dvigateli. Markazdan qochirma botirma dvigateli va boshqa ko’pgina turlari mavjud.
100>
|
| |