|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 27/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)SUqma nasos - uch to’sqichli so’qma nasos. U gazlari bo’lgan suyuqliklarni burg’ qudug’idan tortib chiqarishga mo’ljallangan nasos.
Neft nasosi - neftni kondan quduqlar orqali chiqarib berishga mo’ljallangan nasos. Bu nasos boshqa nasoslardan elementlarining ancha uzunligi bilan farq qiladi. Eng ko’p tarqalganlari tebranma dastgohlar bilan harakatlantiriladigan shtangali nasoslar va elektr yuritmalar bilan harakatlantiriladigan ko’p bosqichli markazdan qochma nasoslardir. Bu nasoslarning barchasi chuqurlikda ishlaydi.
Plunjerli nasos - burg’ qudug’idan suv va loyqa suvlarni tortish va haydashga mo’ljallangan. Nasosning ish unumdorligi 20-40 atm.da 50 dan 200 l/min ga teng. U yuqori bosim hosil qilish va ayni vaqtda suyuqlikni aniq dozalash zarur bo’lganda ishlatiladi.
Markazdan qochma nasos - daryo va ko’llardan suv chiqarishga mo’ljallangan nasos. O’qi gorizontal yoki vertikal joylashgan bo’ladi. Ishchi g’ildiraklari soniga qarab: bir g’ildirakli (bir pog’onali) va ko’p g’ildirakli (ko’p pog’onali) bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ishlatiladigan xillari: K markali (so’rish balandligi 5-8 m); ENMG (so’rish balandligi 6,0 m ga yaqin); ATN-8, ATN-10 burg’ quduqlariga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’lib, ish unumi 30 m3 /soat (n-70 m) va 70 m3/soat (N-50 m).
Shtangali nasos - burg’ qudug’idan mahsulot chiqarishga mo’ljallangan nasos.
Neft - yonuvchi moysimon suyuqlik. Qora yoki qo’ng’ir, ba’zan och malla rang yoki rangsiz, o’ziga xos hidli kimyoviy xom ashyo. Neft yer yuzasiga chiqqach, quyilib qotadi va asfaltga aylanadi. Neftning zichligi 0,73 dan 1,04 gacha o’zgarib turadi, qaynash harorati +20-1000 S va undan yuqori; qotish harorati (+230)- (-600S); issiqlik sig’imi 1,7-2,1 KDJ (kg.j); 500S haroratda neftning yopishqoqligi 0,002-0,55 sm2/s ga teng. U organiq eritgichlarda yaxshi eriydi. Suvda umuman erimaydi. Lekin suv bilan emulsiya (bir-biriga singmaydigan ikki xil suyuqlik qorishmasi) hosil qiladi. Neft tarkibiga kiradigan asosiy kimyoviy elementlardan uglerod (82-87%) va vodorod (11-14%) ga ega. Neftning fizik xossasi uning tarkibiga bogʻ’liq. Solishtirma og’irligi 0,65-g/sm3 dan 0,9 g/sm3gcha bo’lgan neft yengil, undan yuqorisi og’ir neft hisoblanadi. Neftning tarkibida uglevodorod 87% gacha, vodorod 10-15% gacha, kislorod 0,05-0,5 dan 5%gacha, juda oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Neft yonilg’i, moylash materiallari hamda sintetik tola, plastmassa, sun’iy kauchik, spirt, kislota va boshqa neft-kimyoviy mahsulotlar chiqarishda keng foydalinadi.
|
| |