|
Qatlam energiyasi (quvvati)
|
bet | 30/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Qatlam energiyasi (quvvati) -togʻ’ va qatlam bosimi ta’sirida koʻchlangan holatdagi flyuid (neft, gaz, suv) li qatlam kollektorlarining energiyasi.
Plunjer-uzunligi diametridan ancha katta bo’lgan porshen; Plunjerli nasoslar, zolotniklar, gidravlik silindrlarning detali.
Plunjerli ko’targich-plunjerdan foydalaniladigan davriy gaz liftning bir turi. Uning tarkibiga gazliftdan tashqari plunjer, lubliqator, pastki va yuqorgi amortizatorlar kiradi.
Qatlam bosimini saqlash -neft qazib olish sur’atini va yer yuzasiga chiqarish darajasini oshirish maqsadida mahsuldor neft qatlam uyumining sun’iy va tabiiy bosimini saqlash jarayoni.
Porshen -mashina, mexanizm va priborlarning harakatlanuvchi detali. Silindrning ko’ndalang kesimini zich qoplashga va uning o’qi bo’ylab harakatlanishiga asoslangan. Porshenli mashinalar va mexanizmlarda energiyani bir turdan boshqa turga aylantiradi. Porshenli mashinalarda porshen ilgarilanma-qaytma harakatni valning aylanma harakatiga o’zgartiruvchi mexanizm (shatun) yordamida, tirsakli val bilan kinematik birlashtirilgan porshen silindr ichida porshen halqalari yordamida germetiklanadi.
Ponasimon tasma-burg’ilash nasoslarida keng qo’llaniladigan ponasimon tasmali uzatma. Bu ponasimon tasmalar hamma mexanizm va agregatlarning quvvatini umumlashtirishga xizmat qiladi. U neft sanoatida keng qo’llaniladi.
Ta’mirlash-burg’ilash asbob-uskuna va qurilmalarining ishga yaroqliligini tiklash uchun o’tkaziladigan tashqiliy va texnik tadbirlar majmui.
Kapital (to’la) ta’mirlash - ishlash imkoniyatini qisman yoki to’la yo’qotgan mashina, mexanizm va asbob-uskunalarning tiklanish jarayoni.
quduqlarni ta’mirlash - qudug’ining ishlash jarayonida mahsuldor qatlam atrofida sodir bo’ladigan asoratlarni, kamchiliklarni bartaraf qilish jarayoni.
Odatdagi ta’mirlash - burg’ilash jarayonida grafik bo’yicha o’tkaziladigan ta’mirlashning tashqiliy va texnik tadbirlari.
|
| |