• Chiziqli oqim
  • Ko’chmas ekspluatatsion machtalar
  • Glossariy halokat avariya




    Download 65,54 Kb.
    bet25/31
    Sana30.05.2024
    Hajmi65,54 Kb.
    #257232
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
    Bog'liq
    sillabus (1)

    Legirlangan cho’yan-odatdagi komponentlardan tashqari cho’yanga muayyan xossalar beradigan (uni yeyilmaydigan, issiqqa, korroziyaga, ishqalanib yemirilishga chidamli qiladigan) maxsus qo’shimchalar (xrom, nikel, molibden, vanadiy, alyuminiy, titan, mis, tsirkoniy va boshqalar) qo’shilgan cho’yan. Ular, kimyoviy tarkibiga qarab tasniflanadi (xromli, vanadiyli, nikelli va boshqalar). Agar legirlovchi elementlar metallga ma’dandan o’tsa, bunday cho’yan tabiiy legirlangan cho’yan hisoblanadi.
    Chiziqli oqim-g’ovakli muhitda suyuqlik va gaz harakati. Bunda barcha trayektoriyalar yig’indisi parallel to’g’ri chiziqlardan iborat. Ular har bir tekis kesimda sizilish tezligining harakat yo’nalishiga, hamma nuqtalarda parallel hamda bir-biriga teng bo’ladi.
    Lift quvurlar birikmasi-qazib olish qudug’idan qatlam flyuidlari (neft, gaz, suv)ni tashqariga ko’tarishga mo’ljallangan qurilma.
    Neft va gaz tutqichi-neft va gazni o’zida uzoq muddatga saqlab turish qobiliyatiga ega bo’lgan ma’lum hajm va shaklli togʻ’ jinsi. Tutqichlar termobarik sharoitlarda suyuqlikni yaxshi o’tkazuvchan jinslar-kollektorlar va yomon o’tkazuvchan jinslar qopqonlardan tuzilgan. Qatlamdagi neft va gaz harakatiga va uyum bo’lib to’planishiga murakkab tuzilishli litologik, strotigrafik, antiklinal-litologik tutqichlar sabab bo’ladi. Qopqon ginetik va qidirish belgilariga qarab tasniflanadi. Bu belgilarga ko’ra qopqoqli, berkli, linzasimon gumbazli qopqonlarga ajratiladi.
    Machta-burg’ilash yoki qo’shimcha ishlar bilan bogʻ’liq bo’lgan tushirish va ko’tarish operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan. Machtaning oltisimon, A-shaklli va qurama turlari mavjud. Balandligi 10-15 m gacha bo’lgan olti shaklli machta eng ko’p tarqalgan.
    Ko’chmas ekspluatatsion machtalar-neft quduqlarida ekspluatatsion ta’mirlash ishlarini bajarishga mo’ljallangan.
    Kon-yer po’stida foydali qazilmalar to’plangan joy. Kondagi foydali qazilmalarning miqdori va sifati hozirgi zamon iqtisodiyoti va texnika tarraqqiyoti talabiga javob bergandagina sanoat ahamiyatiga ega kon hisoblanadi. Foydali qazilma konlar gaz, suyuq va qattiq bo’ladi. Konlar zahirasiga, sifatiga va xalq xo’jaligidagi tutgan o’rniga ko’ra kichik, o’rta va katta bo’ladi.

    Download 65,54 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




    Download 65,54 Kb.