• Parafinli neft
  • Neft kollektori
  • Neftli suvlar
  • Neft moylari
  • Glossariy halokat avariya




    Download 65,54 Kb.
    bet28/31
    Sana30.05.2024
    Hajmi65,54 Kb.
    #257232
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    sillabus (1)

    Ikkilamchi neft - neftning dastlabki hosil bo’lgan joyidan sizib o’tib, boshqa joyga to’planishi.
    Naftenli neft - naftenli neftning asosiy komponent qismini neftenli uglevodorodlar tashqil qiladi. Naftenli neftlarda aromatik uglevodorodlar, qattiq parafin va asfalt-smolasimon moddalar miqdori oz darajada bo’ladi.
    Parafinli neft - tarkibida ko’p miqdorda erigan parafinlari bo’lgan neftlar. Odatda neft massasida parafin 0,2 dan 30% gacha bo’ladi. Neft yonilg’i va moy olish mahsulotlari sifatida kam parafinli (1,5% gacha), parafinli (1,5% dan 6% gacha) va yuqori parafinli (6% dan ko’proq) guruhlarga bo’linadi.
    Neft kollektori - togʻ’ jinslarida suyuq neft to’planishi uchun sharoit toʻgʻ’diradigan (kovak, g’ovak, teshik, darzlik, bo’shliq va yoriq) qatlamlar.
    Neft mahsulotlari - uglevodorodlar va ularning ba’zi hosilalari aralashmasi, shuningdek neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan ayrim kimyoviy birikmalar. Neft mahsuloti yonilg’i, surkov moylari, elektr izolyatsiya vositalari, erituvchilar, yo’l qoplamalari, neft-kimyo xom ashyosi va boshqa mahsulotlarda ishlatiladi.
    Neftli suvlar - neftli qatlamlardagi yer osti suvlari. U boshqa suvlardan ko’pincha yuqori darajada mineralizatsiyalanishi bilan farq qiladi. Bu suvlarni xloridli-kaltsiyli-magniyli, xlor-kaltsiyli yoki gidrokarbonat-natriyli guruhlarga ajratish mumkin. Bu guruhlar tarkibida yod, brom, radiy, bariy, strontsiy va boshqalar ko’proq tarqalgan.
    Neft moylari - neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan baland qaynovchi (t qay 300-600 0C) uglevodorodlar alkilnaftenli va alkilaromatli) ning suyuq aralashmasi.
    Nippel - ikki uchi rezbali kalta quvur. Burg’ilash quvurlarini biriktirishda ishlatiladi.
    Ta’mirlash asbob-uskunalari - burg’ilash mexanizmlarini ta’mirlashga mo’ljallangan asbob-uskunalar majmui.
    Favvorali quduqlarning asbob-uskunalari - neft va gaz burg’ilash qudug’ining favvoralanishini ogohlantirishga va quduq og’zini germetiklashtirishga mo’ljallangan moslamalar majmui. Bu asbob-uskunalarga preventor, ploshkali preventor, manifold, burg’ilash surilmasi, satuser, favvora armaturasi va boshqalar kiradi. Bu moslama yordamida favvora quduqlari nazorat qilinib tartibga solinadi, zarur paytlarda esa favvoralar bekitiladi.

    Download 65,54 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 65,54 Kb.