• Quduqdan davriy foydalanish
  • Glossariy halokat avariya




    Download 65,54 Kb.
    bet29/31
    Sana30.05.2024
    Hajmi65,54 Kb.
    #257232
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
    Bog'liq
    sillabus (1)

    quduqlarni mustahkamlash - quduq devorini po’lat quvurlar bilan mustahkamlash, hamda ochilgan suvli, neftli va gazli qatlamlarni bir biridan ajratish maqsadida burg’ quduqlarini mustahkamlash.
    Operator - murakkab dastgohlarni boshqaruvchi ixtisosli ishchi.
    quduqning maqbul debiti - quduqdagi uyumdan oqilona foydalanishni ta’minlash sharti bilan quduqdan eng ko’p miqdorda olinadigan uglevodorodlar hajmi.
    quduqlarini o’zlashtirish - mahsuldor qatlamlardan flyuid oqimlarini yer yuziga chiqarish uchun mo’ljallangan kompleks ishlar majmui. Bunga quydagilar kiradi: quduq og’zini zichlash, quduq ichiga asbob-uskunalarini tushirish, yer usti asbob-uskunalarini o’rnatish, qatlamdagi suyuqlik oqimini harakatni ta’minlash.
    quduq tubini tozalash - burg’ilash jarayonida quduq tubida yig’ilib qolgan mayda togʻ’ jinsi zarrachalari burg’ilash eritmasi yordamida tashqariga chiqarish jarayoni. Zarbali burg’ilashda quduq vaqti-vaqti bilan jelonka yordamida tozalab turiladi.
    Paker-kolonkali burg’ilash jarayonida yuvish eritmasining yutilishini toʻgʻatishga va tamponlovchi qorishmalarni bosim ta’sirida quduq devorlariga haydab uni mustahkamlashga mo’ljallangan asbob. U asosan namuna olishda, quduqlarni sementlashda ham foydalaniladi. Paker brezent bilan o’ralgan rezinali manjetdan iborat bo’lib, quduqda undan yuqorida joylashgan quvurlar birikmasini siqilishidan kengayadi.
    Quduqdan davriy foydalanish-kam debitli quduqlardan vaqti-vaqti bilan foydalanish metodi.
    Perforator-quduqga tushirilgan mustaxkamlovchi quvurlar birikmasini va mahsyldor qatlamda teshikchalar hosil qiladigan moslama. U elektr yoki siqilgan havo ta’sirida ishlaydi. Ochilgan teshiklar quduq ichiga neft va gazning oqib tushishiga imkon yaratadi.
    Qatlam-litologik tarkibi bir xil, qalinligi maydoniga nisbatan ancha kichik, shakli yassi, o’ziga xos ayrim belgilari bilan farq qiladigan ustki (shipi) va osti (tagi) yotqiziqlaridan ozmi-ko’pmi aniq chegara bilan ajralib turadigan va geologik kesimda ma’lum stratigrafik joy egallab turadigan geologik jismlar. Masalan, simobli, qo’rg’oshinli, fosforitli qatlamlar.

    Download 65,54 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Download 65,54 Kb.