|
Glossariy halokat avariya
|
bet | 19/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Osma Pnevmatik kalitlar -burg’ilash va mustahkamlovchi quvurlarning qulfli, muftali, kertikli (rez’bali) ulanish joylarini burab biriktirish va mustahkamlashga mo’ljallangan kalit.
Kollektor -neft, gaz va suvlarni saqlaydigan g’ovak va darz togʻ’ jinslari (qum, qumtosh, dolomitlar). Kollektorlarning usti va ostki qismi gilli (to’siq) zich qatlam bilan o’ralgan bo’ladi. Kollektor jinslardagi neft va gaz miqdori uning g’ovakligiga bogʻ’liq. Odatda, neft va gaz, qum, qumtosh jinslarida ko’p to’planadi. Kollektorning g’ovakligi 10-25% dan 40-50% ga yetishi mumkin. Farg’ona vodiysidagi yura, bo’r, paleogen va neogen davri yotqiziqlarining g’ovakligi 5-10% dan 35-37% gacha boradi. Neft va gaz konlarini qidirishda kollektorning o’rni katta. kollektorlar o’tkazuvchanligi (mkm2) bo’yicha 5 sinfga bo’linadi. 1-1 va undan katta; II–0,1-1; III-0,01-01; IV-0,001-0,01; V-0,001 dan kam.
Neft va gaz kollektorlari - suyuq, gazsimon uglevodorodlarni o’ziga sig’dirish va konni ishlab chiqarish jarayonida ularni qaytarib berish qobiliyatiga ega bo’lgan g’ovakli, darzli, kovakli togʻ’ jinslar majmui.
halqasimon bo’shliq -koltsevoy zazor atamasiga qarang.
Halqa-burg’ilash jarayonida keng qo’llaniladigan moslama. Uning zichlagich, koronkali, qaytaruvchi, harakatchan prujinali, qoplamali, sug’irish, tirgovich, tsementli va boshqa turlari mavjud.
Protektor halqasi - mustahkamlovchi quvurlar birikmasini har xil shikastlanishlardan va qulflarni yeyilishdan saqlashga mo’ljallangan halqa.
Kolonkali quvur -kernni qabul qilish, uni yer yuziga chiqarish va quduqning talab qilingan yo’nalishini saqlab turishga mo’ljallangan quvur.
Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi- quduq devorlaridagi togʻ’ jinslarini o’pirilishdan saqlash va ularni mustahkamlash uchun qo’llaniladigan po’lat quvurlar birikmasi.
Ekspluatatsion (foydalanish) quvurlar birikmasi-neft, gaz va suvlarni qatlamlardan quduq og’zigacha yo’qotmasdan uzatishga mo’ljallangan quvurlar birikmasi.
Kompressor -havo yoki gazni 0,015 Mpa dan kichik bo’lmagan ortiqcha bosimgacha siqadigan mashina. Tuzilishi bo’yicha hajmiy, koʻrakli va ishlash printsipiga ko’ra oqimli xillari mavjud. Siqiladigan gaz (havo, kislorod) ning turiga qarab, hosil qilinadigan bosimga qarab past, o’rta va yuqori bosimli xillariga bo’linadi.
|
| |