• Tutashtirish haritasi
  • Kislotali agregat
  • Chiqarish to’sqichi
  • Shtanga kaliti
  • Glossariy halokat avariya




    Download 65,54 Kb.
    bet18/31
    Sana30.05.2024
    Hajmi65,54 Kb.
    #257232
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
    Bog'liq
    sillabus (1)

    Izobar haritasi -teng bosimli nuqtalarni birlashtirib harita tuzishga asoslangan.
    Neft va gaz haritasi -ma’lum bir neft va gazga mahsuldor, kollektorli hududning geologik tuzilishini va neft va gaz uyumlarining tarqalish qonuniyatlari ifodalangan harita.
    Suv bosgan quduqlar haritasi -burg’ilash quduqlarining suv bosganlik darajasini, ifodalashga mo’ljallangan haritalar.
    Struktura haritasi -tektonik shakllarning turlarini va morfologiyasini ifodalashga mo’ljallangan harita.
    Tutashtirish haritasi -Izoxorlar tushirilgan harita. U ikki stratigrafik gorizontlar orasidagi o’zgarishlarni aniqlashga asoslangan.
    Tektonik harita -yer po’sti yoki uning ayrim qismlari strukturasining taraqqiyot bosqichlari izohlangan harita.
    Quduqga kislotali ishlov berish-quduq atrofidagi togʻ’ jinslarini kislota bilan eritish щisobiga suv yig’uvchi, drenaj va neft quduqlari unumdorligini oshirishning kimyoviy metodi. Bunda 10-15 foizli kislotalardan foydalaniladi.
    Kislotali agregat -burg’i quduqlariga kislota bilan ishlov berishga mo’ljallangan agregat.
    To’sqich -mashinalar va quvuryuritmalarda gaz, bugʻ’ yoki suyuqlik sarfini boshqaradigan detal yoxud qurilma. Mashinalar (nasoslar, kompressorlar, ichki yonuv dvigatellari, havo ufirgichlar) dagi to’sqich-gaz, bugʻ’ yoki suyuqlikni taqsimlash yoxud ular sarfini boshqarish mexanizmining qismi.
    Chiqarish to’sqichi-qorishma haydash nasosining chiqarish to’sqichi.
    Teskari to’sqich - suyuqlikning teskari oqimi paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka asoslangan moslama.
    Neftlar tasnifi -bu tasnif quyidagicha ifodalanadi: a) faqat texnik qonun-qoidalarga asoslangan va texnik maqsadlarda qo’llaniladigan neftlar tasnifi; b) kimyoviy tarkibiga asoslangan neftlar tasnifi; v) genetik asosda tuzilgan neftlar tasnifi.
    Shtanga kaliti -burg’i shtangalarini burab ochish va burab yopishda qo’llaniladigan asbob.
    Kalitlar -shtangalarni burab ochish va yopish uchun mo’ljallangan har xil tuzilishdagi kalitlar. Bir vaqtning o’zida ikki (tutib turuvchi va burovchi) kalitdan foydalaniladi. Kalitlarning avtomatik, vintli, gaykali, gaz uchun, ikki oshiq-moshiqli, mustahkamlovchi, quvurlar va koronkalar uchun, aylanma, yopqich tarmoqli, tashlama, osma, patronli, zanjirli va boshqa turlari mavjud.

    Download 65,54 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




    Download 65,54 Kb.