• Dinamik bosim
  • Ortiqcha gidrostatik bosim
  • To’yinish bosimi
  • Glossariy halokat avariya




    Download 65,54 Kb.
    bet15/31
    Sana30.05.2024
    Hajmi65,54 Kb.
    #257232
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
    Bog'liq
    sillabus (1)

    Gidrodinamik bosim-harakatlanuvchi suyuqlik orqali yuzaga keladigan bosim. Masalan, jinslarga shimilgan sizоt suvlar gidrodinamik bosim yordamida jins zarrachalari orqali harakatlanadi.
    Gidrostatik bosim - suyuqlik ustuninig shartli sath yuzasiga ko’rsatadigan bosimi. O’rtacha hisobda har 10 m qalinlikdagi suv ustuni 1 atmosfera bosimini tashqil qiladi. Chuqurlik oshib borishi bilan yer qobig’ida va undan pastda, atmosferadagi togʻ’ jinslarining aniqlanayotgan chuqurlikka nisbatan bosimi koʻchayadi.
    Dinamik bosim-harakatdagi suyuqlik zarrachasining hajm birligidagi kinetik energiyasini ifodalovchi tushuncha.
    quduq tubi bosimi -neft, gaz va suv qazib olinayotgan quduq tubidagi flyuidlar bosimi.
    Quvurlarning tashqi bosimi-harakatlanuvchi quvurlar bilan mustahkamlovchi quvurlar orasidagi halqasimon bo’shliqdagi bosim.
    Ortiqcha bosim-neft va gaz uyumlarining ma’lum nuqtasida qatlam bosimining suvli bosimiga nisbatan ortib ketishi.
    Ortiqcha gidrostatik bosim-qiymati gidrostatik bosimdan yuqori, ya’ni bugʻ’li suvda bo’ladigan bosim.
    Kritik bosim-har bir moddaning xususiy kritik bosimi. Ma’lum kritik bosim moddaning fizik-kimyoviy doimiysi hisoblanadi. Masalan, suvning kritik bosimi 218,3 atm. Kritik bosimdan past bosimdagi sistema ikki muvozanat faza (suyuqlik bugʻ’) ga ajraladi. Lekin kritik bosimda suyuqlik bilan bugʻ’ orasidagi farq yo’qoladi, ya’ni fazali holatga o’tadi.
    quduq og’zidagi bosim-burg’ qudug’i og’zi suyuqlik ustuni bosimidan ortiq bo’lgan maxsuldor qatlamlarni kesib o’tib, ularni sinash davrida qudug’i og’zida hosil bo’ladigan bosim. Qudug’i og’zidagi bosim monometr bilan aniqlanadi. Uning miqdori suyuqlik ustuni og’irligiga bogʻ’liq bo’lib, son jihatdan qatlam bosimi va quduq og’zidan ochilgan gorizontgacha bo’lgan suyuqlik ustuni og’irligining bosimi ayirmasiga teng.
    To’yinish bosimi -kg/m3 bosim ostida erigan neft va qatlamda gazning joylashishi (to’planishi).
    Qatlam bosimi-maxsuldor qatlamlarla saqlanayotgan suyuqlik va gazlarning shu qatlamga ta’sir etayotgan bosimi. Qatlam bosimi neftli, gazli va suvli qatlamlarning energiyasini ifodalaydigan eng muhim belgi hisoblanadi. Boshlang’ich qatlam bosimi neft qatlamining qanchalik chuqurlikda yotishiga bogʻ’liq va odatda gidrostatik bosimga yaqin. Qatlam energiyasi sarfiga ko’ra qatlam bosimi kamayadi. Qatlam bosimini saqlab turish uchun neft qatlamining atrofiga bosimli suvlar rejimida ishlaydigan darajada suv to’ldiriladi yoki neft qatlamining gaz qalpog’iga dam berib gaz qalpog’i rejimida ishlaydigan darajada gaz yuboriladi.

    Download 65,54 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




    Download 65,54 Kb.