|
Qatlamning dastlabki bosimi
|
bet | 16/31 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 65,54 Kb. | | #257232 |
Bog'liq sillabus (1)Qatlamning dastlabki bosimi-maxsuldor qatlamni ochgandan keyin (suyuqlikni gaz oqib ketmasidan oldin) yoki undan suyuqlik yoki gazni dastlab qazib olish paytidagi qatlamning (kgs/m3) bosimi.
Tebranma harakat-yer po’stining hamma qismlarida sekinlik bilan davom qiladigan tektonik harakat. Bu harakat natijasida yerning bir qismi yuqoriga ko’tarilsa, ikkinchi qismi pastga tushadi. Vaqt o’tishi bilan bu jarayonning aksincha rivojlanishi mumkin.
Debit- quduqlar, buloqlar va konlardan ma’lum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik (mineral suv, neft) yoki gaz hajmi. Suyuqlik uchun debit sekundiga litr, kecha kunduzga litr yoki saotiga kub metrlarda o’lchanadi. Suyuqlik debeti suv o’lchagichlar yordamida aniqlanadi. Gaz debeti kecha-kunduziga kub metrlarda o’lchanadi va anemometrlar yordamida aniqlanadi.
Neft qudug’ining debiti- quduqdan vaqt birligida olinayotgan neft hajmi. U litr sekundlarda yoki metr-kub saotlarda kecha-kunduzlarda hisoblanadi.
quduqlarning debiti-vaqt birligi ichida quduqdan olinadigan suyuqlik miqdori. Quduq debiti quduqning ish unumini ifodalaydi va m3/soat, m3/sutkada hisoblanadi.
quduqning solishtirma debiti-quduqdagi suyuqlik sathining bir birlik uzunlikka pasayishiga mos keluvchi suyuqlik sarfi; l/sm, m3/sm da ifodalanadi.
Neftni gazsizlantirish-qazib olinayotgan neft tarkibidan erigan pastmolekulyarli uglevodorodlar (metan, etan, propan, serоvodorod, azot korbonat angidrid gazi) ni chetlashtirish jarayoni.
Indiqator diagrammasi-porshenli dvigatel’ silindridagi bugʻ’ (gaz) bosimining bugʻ’ (gaz) hajmi yoki porshen’ yo’liga bogʻ’liqligini ko’rsatadigan grafik tasvir.
quduq diametri-jins yemiruvchi asboblarning tashqi diametridan hisoblanadi. Quduqning haqiqiy diametri jins yemiruvchi asboblarning diametridan kattaroq bo’ladi. Burg’ qudug’ining diametri 1,5 sm dan 5 m gacha, ayrim hollarda undan ko’proq bo’ladi (quduq-shahta).
Dinamik sath-yer osti suvlarni quduqdan chiqarilganda pasaygan yoki suvli qatlamga bosim bilan yuborilganda ko’tarilgan yuza. U mutloq belgilar yoki burg’ qudug’i og’zidan shu yuzagacha bo’lgan chuqurlik bilan aniqlanadi.
|
| |