• Mafkura evolyusiyasi
  • Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar –




    Download 35.24 Kb.
    bet7/15
    Sana02.07.2023
    Hajmi35.24 Kb.
    #76036
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    Glossariy “Jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari
    1ncqSRXMd8gTxjyBhm3am9vL0pO78PyvECNt2Vpr, Protocol Data Units va tahlil qilish uchun WireSharkdan foydalanish, 1 Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklif qonuni. 2 Talab v, 883ceb5d-9c62-40b4-a652-d0daff5fc663, SAYFIYEV OYBEK ELBEK O‘G‘LI QAYD VARAQA, 5-lab, 1-maruza, 10-sinf Unit 1. All about me demo, Презентация1, pro, Determinantlar, Lecture - 9 (1), Savod O\'rgatish Tayyorlov Davrida O\'yinlardan Foydalanish mundar-fayllar.org, OZBKTILSHUNSLIGIBOYICHABITIRUVMALAKAVIYISHLARINITAYYORLASH
    Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar – alohida davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarning muayyan hududdagi (Yevropa, Yaqin Sharq kabi) muammolarni hal qilish yо‘lidagi say-harakatlarini qamrab oladigan texnologiyalar.
    Lokal texnologiyalar – siyosiy jarayonning qaysidir qisminigina samarali tashkil etishga yо‘naltirilgan texnologiyalar.
    Mafkura – arabchada fikrlar majmui, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, jamiyat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning о‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli о‘z ifodasini topadi. Mafkuralar muayyan diniy-falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar о‘z mohiyatiga va ta’sir kuchiga kо‘ra jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi tomonlarga bо‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obrо‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka kо‘tarishi yoki tanazzulga duchor qilishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yо‘l qо‘yilmagan. Unga tо‘g‘ri va xolisona baho berish imkoniyati mustaqillik tufayli amalga oshdi.
    Mafkura evolyusiyasi — muayyan maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimning vujudga kelishi, rivojlanishi va intihoga yetishi jarayonini ifodalovchi tushuncha. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo bо‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g‘oyaviy tizim sifatida vujudga keladi. Mazkur millat yoki harakatning yetakchi kuchlari, siyosiy arboblari, ideologlari ijtimoiy ongdagi orzu-intilish va ruhiyatdagi his-tuyg‘ularni bir tizimga soladigan ta’limot va dasturlar yaratadilar. G‘oyaviy tarbiya vositalari va faollari orqali bu g‘oyalar ongga va ruhiyatga singdiriladi. Bu g‘oyalar kо‘pchilik ongini egallagach, ularni harakatga keltirib, maqsad sari yetaklaydigan kuchga aylanadi. Mafkura, vaqti kelib, о‘z sohiblari tarix maydonidan tushsalar ham, mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham о‘z ta’sirini saqlab qolishi mumkin. Bu nafaqat ezgulikka xizmat qiladigan, balki о‘z mohiyatiga kо‘ra g‘ayriinsoniy bо‘lgan mafkura shakllariga ham tegishlidir.

    Download 35.24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 35.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kontinental-hududiy darajadagi texnologiyalar –

    Download 35.24 Kb.