|
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 15 | 2023Bog'liq 1.4. БУМЕРАНГGOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 15 | 2023
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal June, 2023
15
Namuna sifatida “Kompleks sonlar” mavzusini 5 ta qismga ajratib kichik
guruhlarga tarqataylik:
1.
Kompleks son va uning algebraik, trigonometrik, ko‘rsatkichli
shakllari hamda ular ustida amallar.
2.
Algebraning asosiy teoremasi.
3.
Kubik tenglama
4.
Kardano formulasi.
5.
Yuqori darajali tenglamalar.
2-
bosqich.
Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida
o‘rganishlari, matnni eslab qolishlari, keyin esa kerak bo‘lsa boshqalarga yoki
o‘qituvchiga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o‘zlashtirib olishlari kerakligini
o‘qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga qarab 10-15
daqiqacha vaqt beradi. O‘zi esa guruh va talabalarning ish faoliyatini kuzatadi.
3-bosqich.
O‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan kichik
qog‘ozlar bilan xar bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog‘ozlardan
bittadan raqam tortib olishlarini so‘raydi (qog‘ozlar soni guruhdagi talabalar soniga
bog‘liq, masalan guruhda 5 kishi bo‘lsa, qog‘ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib
tayyorlanadi. Kichik guruhlardagi barcha talabalar raqamlar yozilgan qog‘ozdan
olishlari kerak. Nechta guruh bo‘lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar
yozilgan qog‘ozlar tayyorlanadi. O‘qituvchi raqamlar bo‘yicha talabalardan yangi
guruhlar tuzishlarini so‘raydi. Masalan, hammada 1-raqamini olganlar bitta yangi
guruh, 2-raqamlilar ikkinchi, 3- raqamlilar uchinchi guruhni, 4-raqamlilar to‘rtinchi
guruhni, 5-raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so‘raydi. Guruh a’zolari
yangi guruhga o‘zlari bilan o‘rgangan matnlarini ham olib o‘tishadilar.
4-bosqich.
Raqamlar bo‘yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda
avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o‘z-o‘zidan to‘planib qoladi, ya’ni 5 xil matn
o‘rganilgan bo‘lsa, bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to‘planadi, umumiy
mavzu bo‘yicha 5 talaba va 5 xil matn to‘planadi.
|
| |