114
Keys–stadi
(ingl.sase–
to‘plam, aniq vaziyat, stadi-o‘qitish)–amaliy o‘qitish
vaziyatlarmetodi.
Keys-stadi - o‘qitish,
axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta‘lim
maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish
jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda
ta‘minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan
o‘qitish texnologiyasidir.
Ushbu metod o‘quvchilarni quyidagilarga undaydi:
• muammoni shakllantirishga;
• amaliy vaziyatni tahlil qilish va baholashga;
• muammo echimini eng maqbul variantini tanlashga.
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasini tanlashni ikki asosiy dalil belgilaydi:
1. Keysning hajmi (qisqa, o‘rtacha miqdordagi, katta)
2. O‘quv topshirig‘ini taqdim etish usuli:
- savolli ( savollar keysdan keyin keltiriladi)
- topshiriqli (topshiriq keys kirish qismining oxirida keltiriladi)